Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Og‘ir atletika. Dengiz sathidan 2600 metr balandlikda kechgan jahon chempionati

Og‘ir atletika. Dengiz sathidan 2600 metr balandlikda kechgan jahon chempionati

Baho:
+ | -

Kolumbiyaning Bogota shahrida o‘tgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatining natijalari “hamma joyda qizil chiroqlar” tarzda qo‘lga kiritildi, deya iqtibos keltirdi axborot vositalari. Chunki og‘ir atletikachilar Bogota musobaqalarida eng baland supaga ko‘tarilishda azob chekishdi (Bogota dengiz satxidan 2600 metrda balandlikda joylashgan). Bu esa deyarli barcha sportchilarning ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

2600 metrdan yuqori balandlikda kechgan chempionatning dastlabki to‘rt kunida tabloda deyarli fakat qizil chiziqlar qayd etildi. Ilk bahslarning oltita “A” guruhidagi barcha urinishlarning 50,7% omadsiz yakun topdi...

Taqqoslash uchun 2018 yildagi kvalifikasion jahon chempionatida xuddi shu oltita “A” guruhidagi omadsiz ko‘tarishlar ko‘rsatkichi ancha past bo‘lib, 39 foizni tashkil etgan edi.

61 kg vazn toifasida erkaklar jami 60 ta urinishdan 36 tasi  muvaffaqiyatsiz bo‘ldi.

Ushbu vaznda ishtirok etgan, Olimpiya o‘yinlarining kumush medali sovrindori indoneziyalik Eko Yuli Iravan bunday sharoitda unga qiyin bo‘lganini bildirdi. Ushbu vaznda qatnashgan va to‘rtinchi o‘rinni egallagan italiyalik atlet Serxio Massida esa jami 6ta urinishdan faqat ikkitasinigina muvaffaqiyatli amalga oshirdi xolos.

"Balandlik bu muhim omil, mashg‘ulotlar, qizib olish mashqlari (razminka) musobaqada qiyinlashdi. "Men hali ham o‘zimni kuchli his qilyapman, lekin bu nafas kislorod yetishmovchiligi...".

Iravanning jamoadoshi Ervin 73 kg.dagi “B” guruhida siltab ko‘tarishda 200 kg  natija bilan jahon rekordini o‘rnatdi. Ammo u ham balandlikning oqibatlarini o‘zida his qildi. U butunlay charchagan ko‘rinardi va rekord darajadagi ko‘tarilishdan keyin zo‘rg‘a o‘rnidan turdi, shundan so‘ng u bir necha daqiqa mashg‘ulot xonasida yotdi.

"Men yaxshi tayyorgarlik qildim, lekin bu safar balandlikka ko‘tarilish juda qiyin bo‘ldi", — dedi u.

Joriy yilning iyun oyida bo‘lib o‘tgan saylovlardan oldin Xalqaro og‘ir atletika federasiyasining vaqtinchalik rahbari bo‘lgan doktor Mayk Eroni: "Balandlik, albatta, muhokama qilinadigan mavzudir. Sportchilar Bogota balandligida kislorod yetishmasligi muammolariga duch kelishdi. Ular ayniqsa supaga chiqishda kamarlarini mahkamlaganda bu holni his qilishdi. Tasavvur qiling, agar miyangizga kislorod kelmasa, siz to‘g‘ri ishlay olasizmi, yo‘q albatta” — dedi Eroni.

Tunislik IWF tibbiyot qo‘mitasi raisi Fathi Masmudiyning ta’kidlashicha, Tunis sportchilaridan biri mashg‘ulotlarda muammolarga duch kelgan. "Menimcha, agar sportchilar vazn yo‘qotib, keyin balandlikda raqobatlashishlari kerak bo‘lsa, ular uchun bu juda qiyin edi. Shunday ham bo‘ldi", — dedi u.

Boshqalarning bildirishicha, bir qator sportchilar “A” guruhiga kirish uchun talabnomaga katta vaznga buyurtma berishgan va ushbu guruhlarga tushganda juda katta kuch yo‘qotishgan. “A” guruhlarida boshqa guruhlarga qaraganda ko‘proq qizil chiroqlar borligini hisobga olsak, bu omil bo‘lishi mumkin.

AQSH jamoasi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish uchun balandlikda mashg‘ulotlar o‘tkazdi. IWFning birinchi vise-prezidenti va jismoniy mashqlar bo‘yicha akademik amerikalik Ursula Papandrea nima uchun ba’zi sportchilarda qiyinchiliklar borligini tushuntirdi.

"Engil havo (yuqori balandliklarda kislorod konsentrasiya pas) tabiiy ravishda kamroq kislorodni o‘z ichiga oladi, ya’ni har bir nafas mushaklaringizga kamroq kislorod yetkazib beradi, bu esa mushaklarning qisqarishi uchun ATF (adenozintrifosfat) ishlab chiqarishga bo‘lgan ehtiyojga ta’sir qiladi", dedi u. "Ilmiy jihatdan biz balandlikning fiziologik ta’sirini bilamiz va og‘irlikni ko‘tarishda ishlatiladigan valsalvi (nafas olish texnikasi) bilan birgalikda bu sportchi uchun ayniqsa qiyin pozisiyadir".

Bunga puxta tayyorgarlik ko‘rgan mutaxassislarning aytishicha, "hech kim ularni bahona qilyapmiz deb o‘ylamasligi kerak — bu shunchaki ilmiy. Biz spektakllar uchun eng yaxshi sharoitlarni ta’minlashimiz kerak. Qizig‘i, sportchilar nafas qisilishini sezmasliklari mumkin, ammo bu mushaklarning kislorod bilan to‘yinganligini o‘zgartirmaydi. Bunday holda ular azob chekayotganlarini hatto anglamasliklari ham mumkin.

Ayni holatlar ko‘plab sportchilar qatori o‘zbekistonlik og‘ir atletikachilarning jahon chempionatlaridagi natijalariga, chiqishlariga ham ta’sir ko‘rsatdi. Olimpiya o‘yinlari g‘olibi, jahon chempioni va rekordchisi Akbar Jo‘rayevning Bogotada sog‘ligi tufayli asosiy bahslarga kirisha olmaganligi ham supaning balandligi tufayli ro‘y berdi, deyish mumkin.­­­­

Manba: weightlifting.uz
Kiritildi: 21:28, 04.01.2023.
O'qildi: 867 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.