Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Ivan Solovyov intervyu berdi: O‘zbek futboli saviyasi, Superliga klublari infratuzilmasi va terma jamoamiz nima uchun JCHga chiqa olmayotgani haqida

Ivan Solovyov intervyu berdi: O‘zbek futboli saviyasi, Superliga klublari infratuzilmasi va terma jamoamiz nima uchun JCHga chiqa olmayotgani haqida

Baho:
+ | -

23 dekabr kuni Toshkentning «Lokomotiv» klubi bilan shartnoma imzolagan rossiyalik yarim himoyachi Ivan Solovyov bobsoccer.ru nashriga intervyu berdi.

O‘zbekiston chempionati saviyasi haqida

— O‘zbekiston chempionati saviyasini qanday baholaysiz?
— Dastlabki 2-3ta klub Rossiya premyer-ligasida quyi sakkizlikda bo‘lardi va jon saqlab qolish uchun kurashardi.

— «Paxtakor» va «Navbahor» yuqoriroqqa ko‘tarila olmagan bo‘larmidi?
— Yo‘q. Hozirda faqat «Zenit» va «Spartak» ishtirokidagi o‘yinlarda kim g‘alaba qozonishini oldindan aytish mumkin. Ammo boshqa jamoalar "syurpriz" taqdim etishga qodir. Menimcha, O‘zbekiston chempionati Rossiya prmyer-ligasidan kuchsiz. Ko‘p ehtimol bilan uning saviyasi FNLga teng.

— Futbol infratuzilmasi qanchalik rivojlangan?
— Qarshi savol beraman: O‘zbekiston terma jamoasi hali JCHga chiqa olmagan ekan, qanday infratuzilma haqida gap bo‘lishi mumkin?

— Shunga qaramay, milliy terma jamoada yaxshi futbolchilar bo‘lgan: Shkvirin, Qosimov, Shomurodov.
— Sharipov! Haqiqatan ham yaxshi o‘yinlar bor, ammo futbolning umumiy saviyasi, xususan, infratuzilma va bolalar-o‘smirlar futbol maktablari yaxshi natijalarni qo‘lga kiritishga imkon bermaydi. Men shunday stadionlarda o‘ynadimki, majoziy qilib aytganda, u yerda siqchonlar yugurib yuradi! (kuladi). Bazalar: Qarshi yaxshi baza bor. Toshkentning «Lokomotiv» klubidagi baza ham yomon emas. Bu yerda sauna, trenajer zali, basseyn bor. Umuman olganda, O‘zbekistonda muammolarni futbolchilar va murabbiylardan qidirish kerak emas, chuqurroq "kavlash" kerak. Ta’kidlayman, bu mening shaxsiy fikrim.

— O‘zbekiston Superligasida qanday maydonlarda o‘ynaladi?
— Barcha maydonlar tabiiy chimdan iborat. 14ta jamoadan 6-7tasi yaxshi maydon bilan maqtana olishi mumkin. Bu mavsumda yomon maydonlar chimini qaytadan ekishdi. Ko‘ramiz, qanday bo‘larkan.

— Uchrashuvlarga muxlislar ko‘p kiradimi?
— Avvalgi jamoam — «Nasaf» o‘yinlariga 5-8 ming atrofida ishqiboz keladi. Namanganda o‘ynaganimda esa stadionga 20 minggacha muxlis kirardi.

— Toshkentdachi?
— Toshkentda odamlar stadionga umuman kirmaydi. Ularga futbol qiziq emas. Vodiy va Qashqadaryo aholisi uchun futbol qiziqarli.

— Sovet davrida rahbarlar «Paxtakor»ning o‘yinlarini kunduzga vaqtga belgilab, mehmon jamoalarga maksimal qiyinchilik tug‘dirishardi.
— Yana osh ham berishardi! (kuladi)

— Ha, ha. Hozir o‘yinlar soat nechada boshlanadi.
— Kechasi soat 7-8da. Kovid paytida esa kunduzi soat 4da ham o‘ynashimizga to‘g‘ri kelgandi. Og‘ir. Harorat 40 daraja bo‘lganida faqat futbol haqda emas, 90 daqiqa davomida bir amallab yugurish haqida o‘ylaysan. Juda issiq!

«Rossiyaning OFKga o‘tishi — ortga tashlangan qadam»

— Rossiya terma jamoasining O‘zbekiston bilan o‘yindagi durang natijasi rossiyalik muxlislarni xafa qildi.

— Bu o‘yinni tomosha qildim. Nazarimda, yigitlar Tojikiston va O‘zbekistonni mensimasdan harakat qilishdi. Bu bahslarda osonlik bilan g‘alaba qozonamiz, deb o‘ylashgan. Shuningdek, nazarimda, Rossiya terma jamoasi futbolchilarida "jamodon kayfiyati" bo‘lgan. Agar jamoalar rasmiy uchrashuvlarda to‘qnash kelishganida, xulosa chiqarish mumkin bo‘ladi.

— Rossiya UYEFAdan chiqib, Osiyoga o‘tgani yaxshimi?
— Yo‘q, Rossiya futboli uchun ortga tashlangan qadam bo‘ladi. Ha, terma jamoamiz jahon chempionatiga chiqishi mumkin, ammo bu oson bo‘lmaydi. Boisi, bu yerda Janubiy Koreya, Yaponiya, Eron, Saudiya Arabistoni kabi kuchli jamoalar bor. Ammo klublar uchun Osiyo chempionlar ligasi musobaqasi manfaatli emas.

«Afsusda emasman»

— Futbol faoliyatingizdan qoniqish hosil qilyapsizmi?
— Ha, menda hammasi yaxshi. To‘rt yildan buyon O‘zbekistonda o‘ynayapman, meni barcha narsa qanoatlantiryapti. Yana bir yil o‘ynasam, O‘zbekiston fuqaroligini olaman.

— Hech narsadan afsuslanmaysizmi?
— Yo‘q, bu hayotda hech narsadan afsuslanmayman. Bu yo‘lni o‘zim tanladim. O‘zbekistonga kelishga hech kim meni majbur qilmadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:48, 06.01.2023.
O'qildi: 2489 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.