Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma - Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Pele: «Barcha davrlarning eng zo‘r futbolchisi – Pele!...»

Pele: «Barcha davrlarning eng zo‘r futbolchisi – Pele!...»

Baho:
+ | -

Futbol afsonasi Pele 82 yoshida vafot etdi. 2005 yili jahonga mashhur FourFourTwo nashri o‘quvchilari barcha davrlarning eng yaxshi futbolchilaridan biriga o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berish imkoniga ega bo‘lishgandi.

O‘shandada Pele menejment, musiqa va 2006 yilgi jahon chempionatida g‘alaba qozonish uchun kimga yordam berayotgani haqida gapiradi.

- To‘pga birinchi marta zarba berganingizni eslaysizmi?

Sem Teylor, Lids

- Albatta eslayman. Olti yoshda edim, o‘sha kuni tug‘ilgan kunim edi. Otam o‘sha paytlari San-Pauludan uncha uzoq bo‘lmagan Bauru shahrida futbol o‘ynardi, ammo charm to‘pni olish juda qiyin edi, chunki u juda qimmat edi. Tug‘ilgan kunimda otamning jamoasi o‘yinchilaridan biri Sosa ismli kishi menga charm to‘p sovg‘a qilgan va aynan o‘shanda ilk marta haqiqiy to‘pga erishgandim. Ungacha esa biz qog‘oz yoki greypfurt bilan to‘ldirilgan «paypoq-to‘p»lardan foydalanardik. Bu boshqa vaqt edi. Bugun sizda charm, plastik, har xil to‘plar bor, shunday ekan hamma haqiqiy to‘p bilan o‘ynashi mumkin. Esimda, keyinroq 12 yoki 13 yoshimda mashg‘ulotlarga borardik va mashg‘ulot oxirida futbolchilar ba’zan to‘pni uzoqqa tepib yuborishardi. Bunga sabab sotib olishga puli yo‘q bosh­qa bolalar to‘pli bo‘lishini xohlashardi.

- Asl ismingiz Edson Arantes do Nascimento. Pele deb qisqartirilishiga dastxat qo‘yish uchun vaqt­ni tejash sababmi?

Devid Blekbern, elektron pochta orqali

- Yo‘q, yo‘q, agar ism-sharifimni to‘liq yozishim kerak bo‘lsa ham, bir kun vaqtim ketardi. San-Pauludagi o‘rta maktab davrimdan beri Pele mening taxallusim bo‘lib kelgan, nima uchunligini esa bilmayman. Bolalar meni shunday chaqira boshladilar va mening jahlim chiqdi, ular bilan hatto urishardim. Besh yoshda edim va xafa bo‘ldim. Nega meni Pele deb chaqirishganini tushunmadim. «Mening ismim Edson», dedim - otam o‘sha paytda katta nom bo‘lgan (amerikalik ixtirochi) Tomas Edison tufayli menga bu ismni qo‘ygan. Shuning uchun bolalar bilan janjallashib qoldim va menimcha, ismim shuning uchun qoldi, chunki o‘shanda ular meni bezovta qilish uchun ataylab shunday chaqirishgan: «Hey, Pele! Pele! (Kuladi) Lekin hozir menimcha, bu yaxshi bo‘ldi, chunki bu oddiy ism - to‘rtta harf - va butun dunyo buni tan oldi. Menimcha, bu Xudoning fikri edi.

- Bir do‘stim velosiped zarbasini siz ixtiro qilmaganingizni aytdi. Shu to‘g‘rimi?

Stiv Brennan, elektron pochta orqali

- Ha. Mendan ancha oldin Braziliyada Leonidas degan futbolchi bo‘lgan. U hujumchi edi, men kabi o‘ynardi va birinchi bo‘lib «velosiped»dan aynan u foydalangan. Yoshligimda buni qilishga harakat qildim, mashq qildim va yaxshi natijalarga erishdim. Braziliyada kichkinaligimda hamma bolalar buni sinab ko‘rishardi.

- Faoliyatingizdagi eng past nuqta qaysi edi?

Jonatan Simpson, elektron pochta orqali

- Menda juda ko‘p yaxshi damlar bo‘lgan, shuning uchun bu savolga javob topish qiyin... (uzoq pauza qiladi) 1966 yilda Portugaliyaga qarshi o‘yindagi jarohat haqida aytishim kerak. Biz 1958 va 1962 yillarda jahon chempionligini qo‘lga kiritdik, 1966 yilda esa juda yaxshi jamoamiz bor edi. Barcha futbolchilar g‘alaba qozonishimiz mumkin deb o‘ylashgan, shuning uchun men jarohat olganimda va Braziliya jahon chempionatida mag‘lub bo‘lganida, men juda zaif edim. O‘shanda o‘ynashni to‘xtataman deb o‘ylagandim, qattiq tushkunlikda edim. Ikki yildan so‘ng, «Santos»da o‘ynab, mash­g‘ulotlarni boshladim. Keyin o‘zimga aytdim: mayli, JCH-70da o‘ynayman va ma’lum bo‘lishicha, JCH-70 - eng yaxshi jahon chempionati ekan. Shunday qilib, JCH-66 og‘ir edi, lekin xayriyatki, men qaytish imkoniyatiga ega bo‘ldim. Va men nafaqaga eng yaxshi tarzda chiqdim.

- Yevropaga ko‘chmaganingizdan afsuslanganmisiz? Umuman taklif bo‘lganmi?

Liam Pikering, Birmingem

- Menga Yevropaga borish takliflari ko‘p bo‘lgan, ammo «Santos»da hammasi yaxshi edi. O‘sha kunlarning farqi shundaki, ular taklif qilgan pul rad etish uchun yetarli emas edi. Faoliyatim davomida «Real Madrid» ajoyib taklif bilan chiqdi va «Yuventus»dan  Anyelli (Jiovanni) shartnoma imzolash evaziga menga «Fiat»dan ulush bermoqchi bo‘ldi - «Fiat» Braziliyada zavod ochdi va ular mendan uni ilgari surish uchun foydalanmoqchi bo‘lishgandi.

O‘sha paytga kelib uch yoki to‘rt nafar futbolchi Yevropaga ketgandi - masalan, Altafini («Palmeyras»dan «Milan»ga) va Xulinyo Botelyo («Palmeyras»dan «Fiorentina»ga), ke­yin Didi va Vava - lekin «Santos»dagi hayotim ideal edi. O‘zgartirish qilishni istamadim. Bu kulgili, chunki men hozir braziliyalik futbolchilarni mazax qilyapman. Ularning libosidagi nishonni o‘pib, «Men «Manchester»ni yaxshi ko‘raman, uni yaxshi ko‘raman» deyishayotganini ko‘raman. Keyingi yil boshqa joyga ko‘chib: «Men «Roma»ni yaxshi ko‘raman, men uni sevaman», de­yishadi. Ular klubni yoqtirmaydi, pulni yaxshi ko‘radi, shuning uchun ko‘chaverishadi. Bu normal holat, lekin bir nuqtada siz nimani yaxshi ko‘rishingizni hal qilishingiz kerak: jamoami yoki pul?

— Ko‘pchilik «G‘alabaga qochish» filmidagi rolingizni «Eng yaxshi erkak roli» yo‘nalishida «Oskar»­ga loyiq deb hisoblaydi. Nomzod bo‘lmaganingizdan hayron bo‘ldingizmi?

J.Terroll, Reding

- (Kuladi) Aytganimdek, yaxshi murabbiy bo‘lsa, yaxshi o‘ynaydi, mening murabbiyim esa Jon Xyuston edi. Ammo «Oskar»ni qo‘lga kiritishimizni kutmagandik! Bu shunchaki ajoyib harakat edi.

- Sizga qarshi o‘ynagan eng yaxshi himoyachi kim edi?

Mendi Xuk, elektron poch­ta orqali

- Bittasini ajratib ko‘rsata olmayman. Ko‘ryapsizmi, kim bilan o‘ynamaylik, menga qarshi doim eng yaxshi himoyachi bo‘lgan. Germaniyaga qarshi o‘ynaganimda, meni Bekkenbauer tutishga chog‘lanardi. Bekkenbauer fantastik himoyachi, juda aqlli, uni mag‘lub etish qiyin edi. Angliyaga qarshi Bob bor edi. Bob Mur ajo­yib edi. Menimcha, Bob eng zo‘ri edi.

- Sizningcha, barcha davrlarning eng zo‘r futbolchisi kim?

Pol Jons, Kardiff

- Barcha davrlarningmi? (Ajablangandek qarab turib) Pele. Shubhasiz. Men unga qoyil qolaman, unga qoyil qolaman.

- Matbuotda sizning Maradona bilan munosabatingiz juda ayanchli ko‘rinadi. Yuzma-yuz uchrashganingizda qanday munosabatda bo‘lasiz?

Alan Smiti, elektron poch­ta orqali

- Bizda hech qanday muammo yo‘q. Bu shunchaki gazetalar. O‘tgan yili uning xayrlashuv uchrashuvida bo‘lganman. Unga katta ziyofat uyushtirishdi va men u yerda edim. Muammo shundaki, Maradona gapirishni yaxshi ko‘radi va ba’zida gazetalar uni turtib qo‘yishadi, keyin u nimadir aytadi, lekin men u bilan hech qachon muammoga duch kelmaganman. Biz do‘st emasmiz, lekin men u bilan oktyabr oyida birga edim. Haqiqat shuki, unga achinaman. U ajoyib o‘yinchi edi, lekin giyohvand moddalar tufayli adashib qoldi. Umid qilamanki, endi tuzalib ketadi, normal hayot kechiradi. Men shu uchun ibodat qilyapman.

- Nega hech qachon futbol boshqaruvi bilan shug‘ullanmagansiz?

Sara Fauler, Manchester

- Birinchi navbatda, 35 yil o‘ynaganim uchun. Nafaqaga chiqqanimda, Amerika Qo‘shma Shtatlarida futbolni targ‘ib qilish uchun Nyu-Yorkka - «Kosmos»ga borganimdan so‘ng, men to‘xtab qoldim va shunday deb o‘yladim: «Men deyarli butun umrim davomida futbol o‘ynaganman». Murabbiy bo‘lsam, menga takliflar ko‘p bo‘ladi, lekin bu futbolchi bo‘lishdek bo‘ladi - hayot yo‘q - yoki undan ham battar, chunki murabbiyning ishi o‘yinchinikidan ham yomonroq.

Menga shu paytgacha Braziliya, Yevropa va Afrika jamoalaridan takliflar tushar edi, lekin men hech qachon FIFA prezidenti bo‘lishni istamaganimdek, murabbiy bo‘lishni xohlamaganman, chunki vaqtim bo‘lmaydi.

- Nima deb o‘ylaysiz, JCH-2006 finalida kim ishtirok etadi va kim g‘alaba qozonadi?

Tim Kruks, elektron poch­ta orqali

- Aniq aytish mumkin emas. Oxirgi jahon chempionatiga qarang. Fransiya va Argentina kuchli ikki jamoa edi: Fransiya Yevropa chempioni, jahon chempioni bo‘ldi, saralashdan osonlikcha o‘tdi. Argentina Janubiy Amerikaning eng kuchli jamoasi edi. Braziliya saralashdan juda yomon o‘tdi, Germaniya esa deyarli chiqib ketdi, ammo finalda biz Germaniyani Braziliyaga qarshi ko‘rdik. Shuning uchun favoritlarni tanlash qiyin, chunki saralashda kim yaxshiroq ekanligi haqida emas. Bugungi kunda Braziliya eng yaxshi jamoa. Biz jahon chempionatida osonlikcha g‘alaba qozona oladigan ikkita jamoani maydonga tushirishimiz mumkin, bizda har bir pozisiya uchun Yevropaning eng yaxshi jamoasiga aylanadigan ikki yoki uchta o‘yinchi bor. Yevropa jamoalaridan Ang­liya va Italiyaning finalga chiqish imkoniyati yaxshi deb o‘ylayman. Ammo jahon chempionati juda og‘ir. Braziliya birinchi marta JCHda mag‘lub bo‘lgan (1950), ular turnirning eng yaxshi jamoasi edi, ular o‘z uylarida bo‘lishdi va finalga chiqdilar, lekin Urugvayga mag‘lub bo‘lishdi. Shuning uchun men favoritlarni tanlamoqchi emasman.

FourFourTwo jurnalining 2005 yil avgust sonidan.

AYTGANCHA...  HAMMASI VASIYAT BO‘YICHA...

Afsonaviy futbolchini 2 yanvar kungi so‘nggi manzilga kuzatish marosimi «Santos» stadionida o‘tkazildi. Marosimda FIFA prezidenti Janni Infantino, Braziliya futbol konfederasiyasi rahbari Ednaldo Rodriges va KONMEBOL prezidenti Alexandro Dominges Uilson-Smit ham ishtirok etishdi. Futbol qiroli o‘zi vasiyat qilganidek xalq bilan o‘z uyi sanalmish «Vila Belmiro» stadionida xayrlashdi. Marosim 24 soat davom etib, shundan keyin Pelening tobuti Santos ko‘chalari bo‘ylab «qirol»ning 100 yoshli onasi yashaydigan uyiga olib borildi. Dafn marosimida faqatgina uning oila a’zolari qatnashishdi.

BUTUN DUNYODA «PELE» STADIONI...

FIFA rahbari Janni Infantino tez orada tashkilotga a’zo barcha mamlakat federasiyalariga murojaat bilan chiqishini bildirdi: «Har bir mamlakatdan stadionlaridan birini Pele sharafiga nomlashni so‘rab, murojaat yo‘llamoqchimiz».

O‘ZI BUNI ISTAMAGAN...

«Santos» klubi jamoada 19 yil harakat qilgan sobiq hujumchisi Pele xotirasiga 10-raqamni abadiylashtirmaydi. Bu haqda Braziliya klubi prezidenti Andres Rueda ma’lum qildi. Yakuniy qarorni qabul qilishda marhum futbolchining intervyusi hal qiluvchi rol o‘ynadi. «10-raqamni qoldirganingiz ma’qul, chunki shu holda odamlar meni hech qachon unutishmaydi», — degan Pele.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 14:40, 10.01.2023.
O'qildi: 2128 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.