Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Saudiyalik tadbirkor Ronaldu va Messi ishtirokidagi o‘yin uchun chiptani 2,6 million dollarga qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

Futbol bo‘yicha o‘rtoqlik o‘yinida «PSJ» 19 yanvar, payshanba kuni Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» va «An-Nassr» klublari yulduzlaridan iborat jamoaga qarshi maydonga tushadi.

Ar-Riyodda bo‘lib o‘tadigan o‘yinda Saudiya Arabistoni jamoalari safida Krishtianu Ronaldu ham ishtirok etishi kutilmoqda.

Saudiyalik tadbirkor, AqarOne ko‘chmas mulk guruhi bosh direktori, Mushrif al-G‘amdiy o‘yin uchun kimoshdi savdosiga qo‘yilgan vip-chiptani yutib oldi.

Savdo 1 million riyoldan (Saudiya Arabistoni puli) boshlangan edi. Al-G‘amdiy 10 million riyolga (2,6 million dollar) chiptani qo‘lga kiritdi.

Ushbu chipta sohibi kiyim almashtirish xonasiga kirib, futbolchilar bilan suratga tushish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Kimoshdi savdosidan tushgan pullar xayriyaga ishlatiladi.

Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu 2020 yil dekabr oyidan buyon bir-biriga qarshi maydonga tushmagan edi. O‘shanda «Yuventus» Chempionlar Ligasidan o‘rin olgan o‘yinda «Barselona»ni 3:0 hisobida mag‘lub etgandi. Ronaldu ushbu uchrashuvda dubl qayd etgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:43, 18.01.2023.
O'qildi: 2881 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик