Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Hammasiga rahmat, buyuk sardor!

Hammasiga rahmat, buyuk sardor!

Baho:
+ | -

«Tottenxem» darvozaboni Ugo Lyoris Fransiya milliy jamoasidagi faoliyatiga nuqta qo‘ydi, vaholanki, u yana bir necha yil binoyidek o‘ynashi mumkin edi.

 «Terma jamoa bilan eng yuqori notada xayrlashishni ma’qul ko‘rdim», - deya o‘z qarorini izohladi 36 yoshli kiper. Lyoris Fransiya milliy jamoasidagi debyutini 2008 yili nishonlagandi. U shundan buyon 145ta o‘yinda ishtirok etdi va 121tasida sardorlik bog‘ichi bilan maydonga tushdi. JCH-2022da esa Fransiya termasi libosidagi o‘yinlari soni bo‘yicha mutlaq rekordchiga aylandi. Umuman, Ugo o‘z milliy jamoasi safida JCH-2018 va Yevropa Millatlar Ligasi-2020|2021 g‘olibiga aylanishdan tashqari, Yevro-2016 hamda JCH-2022da kumush medal sovrindori bo‘ldi. Chindan ham, buyuk sardor!

Fransiya termasi faxri. Ugo Lyoris yakuniga yetgan mundialda Fransiya milliy jamoa­si libosidagi o‘yinlari sonini 145taga yetkazib, bu borada afsonaviy Lilian Tyuramdan o‘zib ketdi. Diqqat qiling, Ugo 7ta yirik turnirda Fransiya bosh jamoasi asosiy golkiperi rolini bajardi. Ya’ni 2010, 2014, 2018 va 2022 yillardagi JCH hamda 2012, 2016 va 2020 yillardagi Yevropa chempionatida qatnashdi.

Fransiya termasi rekordchisi. Ugo Qatar mundiali chorak finalidan o‘rin olgan Angliya termasiga qarshi o‘yin (2:1)da milliy jamoa libosida 143-marta maydonga tushib, bu borada mutlaq rekord o‘rnatdi. U keyinchalik yarim final va final hisobiga marrani 145ta o‘yinga yetkazib qo‘ydi. 145ta uchrashuv - bu shunchaki, rekord emas, yana megabarqarorlikning yorqin namunasi ham. Deylik, Lyoris Fransiya milliy jamoasi gvardiyachilari ro‘yxatining yuqori 15 qatoridagi yagona darvozabondir. Faqat kiperlar ro‘yxatiga qarasak, hattoki, mashhur Fabyen Bartez ham qahramonimizdan ancha orqada.

Fransiya termasi buyuk sardori. Ugoning yana bir noyob natijasi - Fransiya milliy jamoasiga uzoq muddat sardorlik qilgani. Lyoris bu borada fantastik ko‘rsatkichga ega - sardorlik bog‘ichi bilan 121ta o‘yin! U birinchi marta bog‘ichni 2010 yilning noyabr oyida Angliya termasiga qarshi kechgan o‘yinda qo‘liga taqqandi. 2011 yildan esa Ugo «uch rangli­lar»ning almashtirilmas sardoriga aylandi. Sardor maqomidagi 121ta o‘yinining 54tasi amaldagi bosh murabbiy Didye Desham davriga to‘g‘ri keldi. Shuni inobatga olib, ko‘pchilik Ugo Yevro-2024da ham Fransiya termasini sardor rolida maydonga boshlab tushishini taxmin qilgandi. Biroq kiperning o‘zi boshqacha qaror chiqardi...

Buyuklar aro buyuklik. Ugo Qatar-2022da sardor sifatida ikki marta jahon chempioni bo‘lgan yagona futbolchiga aylanishi mumkin edi, biroq nasib emas ekan. Ha, hozircha hech kim jahon kubogini sardor maqomida ikki bora boshi uzra baland ko‘targan emas futbol tarixida. Ugo Lyoris naqadar buyuk ekanligini ko‘rsatish uchun uning natijalarini ko‘p yillar davomida terma jamoalar sharafini himoya qilgan afsonaviy darvozabonlarniki bilan taqqoslash kerak. Yo‘q, dunyoda qaysi kiper eng zo‘ri ekanligini aniqlash uchun emas, albatta. Zero, Lyorisni Janluiji Buffon yoki Iker Kasilyas kabi buyuk darvozabonlardan ustun qo‘yish mantiqqa zid. Lekin tahlillar ko‘rsatmoqdaki, Ugo ham ular qatorida bo‘lishga to‘la haqli.

BUYUK SARDOR

Ugo Lyoris Fransiya milliy jamoasini jami 121ta o‘yinda sardor rolida maydonga boshlab tushdi: ilk marta 2010 yilning noyabr oyida (Angliya termasiga qarshi bahsda), 2011 yilning sentyabridan buyon esa muntazam ravishda. Fakt: Fransiya milliy jamoasi tarixidagi sardorlar orasida ikkinchi yuqori natija egasi - Didye Desham (54ta o‘yinda sardorlik qilgan) Lyorisdan deyarli 2 baravar orqada.

 D.ALIMOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 10:33, 20.01.2023.
O'qildi: 2762 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.