Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/11 00:45 Inter 1-0 Venetsiya
04/11 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Betis
04/11 19:00 Al-Vasl 1-1 As-Sadd
04/11 21:00 Al-Ahli (SA) 5-1 Ash-Shorta
04/11 21:00 Persepolis 1-1 Al-G‘arafa
04/11 22:30 Empoli 1-0 Komo
04/11 22:30 Parma 0-1 Jenoa
04/11 23:00 Al-Hilol 3-0 Istiqlol
05/11 00:45 Lasio 2-1 Kalyari
05/11 01:00 Selta 1-0 Xetafe
05/11 01:00 Fulhem 2-1 Brentford
05/11 13:00 Sentrel Kost - Shanghai Shenhua
05/11 15:00 Kavasaki Frontale - Shangxay Port
05/11 15:00 Vissel Kobe - Kvangju
05/11 17:00 Johor Dorul Ta'zim - Ulsan Xyonde
05/11 19:00 Paxtakor - Ar-Rayyan
05/11 23:00 An-Nasr (SA) - Al-Ayn

Angliya klublari transfer bozorini “portlatmoqda”

Angliya klublari transfer bozorini “portlatmoqda”

Baho:
+ | -

Mana bir fakt: “Chelsi” bu qishda transferlarga La Liga, A Seriya, Bundesliga va Liga 1'dagi barcha klublar yig‘ilganidan ko‘ra ko‘proq mablag‘ sarfladi. Tasavvur qiling-a, bu qishda 78 jamoaga yangi kelganlar uchun 95 million yevro, Londonning bir klubi esa 178 million yevro sarfladi.

Va bu yerda shuni aytish mumkinki, gap faqat bir klubning aqldan ozgan transferlari haqida ketyapti. Ammo, agar biz "Chelsi"ni umuman unutadigan bo‘lsak ham baribir, ingliz klublari boshqa barcha top-ligalarni jamlagandan ko‘proq pul sarflashdi. Todd Boeli klubisiz ham katta ustunlik APL tomonda bo‘lib qolmoqda.

Premyer-liga klublari qilingan transferlarga yarasha pul ishlab olishadi, deyish qiyin. Agar siz 400 million yevro sarmoya kiritgan bo‘lsangiz, shuncha daromad ishlab topgan taqdiringizda bundan xursand bo‘lish mumkin. Ammo bu ham haqiqatga yaqin emas. Umumiy balansga ko‘ra, Premyer-liga klublari har yili - 423 million yevro yo‘qotishmoqda. Boshqa liga klublari esa foyda ko‘rishadi.

Insayderlardan qanday yangiliklarni eshitishimiz mumkin? Premyer-liga klublari Leau, Osimxen va boshqa yulduzlarni sotib olishni istaydi... Nafaqat top futbolchilar, balki bozordagi eng kerakli futbolchilar. Albatta, katta narx evaziga amalga oshiriladigan xaridlar. Mixail Mudrik transferi fonida esa klublar bundan ham ko‘proq pul so‘rashni boshlashadi. Ya’ni narxlar suniy ravishda oshib boradi.

Odatda qishda transferlar kam bo‘ladi, lekin bu gap so‘nggi yillarda APLga ta’sir qilmay qo‘ydi. Nafaqat futbolchilar, balki murabbiylarning transferlari Angliya chempionatida tez-tez sodir bo‘lib turadigan holatdir.

Shu bilan birga, APLning top-klublari ham kuchli to‘rtlikka kirishga qiynalmoqda. Bu sabab shunchaki, bu mavsumda Angliyada yana bitta superklub paydo bo‘ldi. Garchi “Nyukasl” bu ishni qilish uchun ulkan pul sarflamadi ham.

Darvoqe, kelasi mavsumda Premyer-ligadan Chempionlar ligasida beshta klub ishtirok etishi mumkin. Buning uchun ikkita ssenariydan birini amalga oshirish kerak. Mavsum yakunida kuchli to‘rtlikka kira olmagan Angliya jamoasi Chempionlar ligasi g‘olibiga aylanishi ("Liverpul", "Chelsi" va "Tottenxem") yoki ikkinchi variant “Arsenal” va “Manchester Yunayted”dan bittasi Yevropa ligasida g‘olib chiqishi kerak bo‘ladi. To‘g‘ri, bu yerda "Arsenal"ning yana beshinchi o‘ringa tushib qolishi dargumon, "Manchester Yunayted" esa kuchli uchlikda qolishga harakat qilishi tabiiy.

Chempionlar ligasini ham, Yevropa ligasini ham chempionatda kuchli 4 talikka kira olmagan APL klublari yutib chiqsa nima bo‘ladi? Angliya Chempionlar ligasida oltita klubga ega bo‘lmaydi. Reglamentga ko‘ra bir mamlakatdan ko‘pi bilan beshta jamoa ushbu musobaqada qatnashadi. Misol uchun, agar “Chelsi” Chempionlar ligasida g‘olib chiqsa va "Manchester Yunayted" esa Yevropa ligasini olib, ikkala klub ham kuchli to‘rtlikka kira olmasa, Premyer-liganing to‘rtinchi jamoasi asosiy yevrokubok yo‘llanmasisiz qoladi.

Shuni yodda tutish kerakki, Chempionlar ligasi formati 2024/2025 yilgi mavsumdan boshlab o‘zgaradi. Turnirning asosiy bosqichidagi jamoalar soni 32 tadan 36 taga ko‘payadi. To‘rtta qo‘shimcha yo‘llanmadan ikkitasi o‘tgan mavsumdagi eng yaxshi koeffisiyentga ega mamlakatlarga yo‘l oladi. Yuqori ehtimollik bilan Angliya muntazam ravishda yil davomida reytingning birinchi ikkiligiga kiradi. Masalan, 2020/2021 yilgi mavsumda inglizlar eng yaxshi natijaga erishgan. 2021/2022 yilgi mavsumda ham. Hozir ham ular 2022/2023 yilgi mavsum reytingida peshqadamlik qilmoqda.

Kiritildi: 21:10, 25.01.2023.
O'qildi: 4278 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.