Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

"Bavariya"dagi "oltin transfer" qoidasini bilasizmi?

"Bavariya"dagi "oltin transfer" qoidasini bilasizmi?

Baho:
+ | -

Karl-Xayns Rummenigge "Bavariya" va Bundesligadagi ta’qibchilar o‘rtasidagi asosiy farqni aytib o‘tdi. Unga ko‘ra, myunxenliklar har qanday holatda jamoa yetakchilarini sotmaslikka qurbi yetadi.

Rummenigge “Bavariya”ning oltin transfer qoidasi haqida shunday gapirdi:

"Bavariya" va "Borussiya" yoki "Leypsig" o‘rtasidagi katta farq shundaki, bu klublar har xil falsafaga ega. Jumladan, turli iqtisodiy sharoitlar tufayli. "Bavariya" hech qachon Bellingem yoki Nkunku kabi futbolchilarini sotmaydi. Bizda "oltin transfer" qonuni bor: jamoa uchun muhim bo‘lgan o‘yinchi qolishi kerak, garchi u uchun ko‘p pul to‘lash kerak bo‘lsa ham.

Karl-Xayns Myunxenda shunday qoida paydo bo‘lganini esladi. Hammasi klub afsonasi bilan boshlangandi:

“2008 yil edi. O‘shanda Frank Riberi uchun ikkita ajoyib taklif olgandik: biri Ispaniyadan, ikkinchisi esa Angliyadan deyarli rad etib bo‘lmaydigan. Uli Xyoness, Karl Xopfner va men Tegernzeeda Frank Riberi bilan uchrashdik va unga shunday dedik: “Siz hamma narsani ostin-ustun qilib tashlashingiz mumkin, lekin baribir jamoada qolasiz. Imkoniyatlarimiz chegarasida sizga yangi shartnoma taklif qilamiz. Shunday qilib, Frank "Bavariya"da qoldi va biz bu oltin qoidaga ega bo‘ldik. Biz u qoidadan shu kungacha foydalanamiz. Aytaylik, Musialani 100 million yevrodan ko‘proqqa sotishimiz mumkin. Ammo bunday oltin futbolchini qayerdan topamiz? U nafaqat maydonda, balki ajoyib inson. Bunday futbolchilarni qo‘yib yuborib bo‘lmaydi”.

Yozda esa "Bavariya" jamoa yetakchilaridan biri bilan xayrlashdi - Robert Levandovski "Barselona"ga o‘tdi. Albatta, polyak endi yosh emas, lekin baribir u jamoa hujumini boshqarar edi.

Shunga qaramay, Rummenigge aytgan klubning temir qonuni juda mantiqiy ko‘rinadi.

Ammo boshqa Bundesliga klublari Myunxenning oltin qoidasini o‘zida qo‘llay oladimi?

Manba: Sports.ru
Kiritildi: 22:24, 01.02.2023.
O'qildi: 2814 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.