Yulian Nagelsmann "Bavariya" futbolchilari bilan jamoaviy yig‘ilish o‘tkazdi.
Myunxenliklar Bundesligada ketma-ket uch marta durang o‘ynagan bo‘lsa-da, Germaniya kubogida "Mayns"ni 4:0 hisobida mag‘lub etishdi.
Futbolchi va murabbiy o‘rtasidagi muloqot chog‘ida jamoa Tomas Myuller va Jamol Musialaning birga o‘ynashini xohlayotgani ma’lum bo‘ldi.
Shu bilan birga, 19 yoshli futbolchi so‘nggi paytlarda tez-tez zaxirada qolishga majbur bo‘lgan Myullerni himoya qilgani ta’kidlangan.
Eslatib o‘tamiz, Musala Myullerning uzatmasidan “Mayns” darvozasini ishg‘ol qildi.