"Manchester Siti" himoyachisi Kayl Uoker hamon APL chempionligini himoya qilishdan umidvor.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda “shaharliklar” peshqadam “Arsenal”dan 5 ochko ortda qolmoqda. Mikel Arteta jamoasida bitta zaxira o‘yini bor.
"Oldinda hali ko‘p o‘yinlar bor. O‘zimiz uchun oxirigacha kurashsak nima bo‘lishimiz mumkinligini bilasiz. Biz doimo kurashamiz va o‘yindan o‘yinga o‘tishda davom etamiz, tamom" - dedi Uoker.
"Arsenal"ni bu mavsumda yana 18 ta o‘yin bor, "Manchester Siti"da esa 17 ta o‘yin bor. "Kanonirlar" so‘nggi bor 2003/04 yilgi mavsumda Arsen Venger qo‘l ostida APL oltin medalini qo‘lga kiritgan edi.