Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Nunyes yelkasidan jarohat oldi, oldida "Real"ga qarshi o‘yin bor

Nunyes yelkasidan jarohat oldi, oldida "Real"ga qarshi o‘yin bor

Baho:
+ | -

"Liverpul" hujumchisi Darvin Nunyes "Nyukasl Yunayted"ga qarshi o‘yinda (2:0) yelkasidan jarohat oldi.

APLning 24-turidan o‘rin olgan uchrashuvning 10-daqiqasida urugvaylik futbolchi gol urgan bo‘lsa, 59-daqiqada uning o‘rniga Roberto Firmino maydonga tushdi.

“Darvinning yelkasida nimadir bor. Ko‘ramiz. Qo‘shimcha tekshiruvlar kerak", - dedi Klopp.

Nunyes 21 fevral, seshanba kuni bo‘lib o‘tadigan “Real”ga qarshi 1/8 final dastlabki o‘yinida ishtirok eta oladimi yoki yo‘qmi, hozircha noma’lum.

23 yoshli hujumchi joriy mavsumda “Liverpul” safida barcha turnirlar doirasida 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 08:52, 19.02.2023.
O'qildi: 2104 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик