Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Germaniya Osiyo va AQSHning sarmoyalarini o‘z ligalariga jalb qilmoqchi

Germaniya Osiyo va AQSHning sarmoyalarini o‘z ligalariga jalb qilmoqchi

Baho:
+ | -

Germaniyaliklar futbol ligalariga AQSH va Osiyo sarmoyalarini jalb etish niyatidalar.

DFL (Germaniya professional ligalarini boshqaruvchi tashkilot) hali tashkil etilmagan lisenziya kompaniyasining 12-15 foiz aksiyalarini sotib oladigan xaridorni izlamoqda. Kompaniya 25-30 yil davomida xorijiy sarmoyadorlarga TV huquqlarini sotish bilan shug‘ullanadi.

Bunga qancha mablag‘ jalb etishni mo‘ljallanmoqda?

DFL AQSH yoki Osiyo mamlakatlari investorlaridan 2,5-3 mlrd. yevro sarmoya olib, uni birinchi va ikkinchi Bundesligadagi 36ta klubga bo‘lib berishni istaydi. Kicker axborotiga ko‘ra, mablag‘ning asosiy qismi klub infratuzilmasi, bolalar futbol markazlari va stadionlarni rivojlantirish, sport sohasidagi yuksak texnologiyalarga sarflanadi. Klublar bu mablag‘larni 20 yil davomida olishlari mo‘ljallanmoqda.

Bild xabariga ko‘ra, hozir 7 nafar investor bilan muzokaralar olib borilmoqda. Barcha sarmoyalar TV huquqlari bilan cheklangan bo‘lib, ikkita Bundesliga klublariga ulush ajratmaydi. Bundan tashqari, investorlar klublar va uchrashuvlar taqvimiga ta’sir ko‘rsata olmaydilar.

Konsepsiyani Yan-Kristian Drizen («Bavariya») rahbarligida Ryudiger Frich («Darmshtadt») va DFL boshqaruvi a’zolari Aksel Xellmann («Ayntraxt»), Oliver Leki («Frayburg») tomonidan ishlab chiqildi.

DFL ning maqsadi - klublar mustaqilligi va 50+1 qoidasini saqlab qolish, liga va klublarning moliyaviy qudratini oshirish uchun xorijiy investisiyalarni jalb etish.

50+1 qoidasini eslatib o‘tsangiz...

U aksiyalar paketini begona investorlarga berishni taqiqlaydi. Faqat klubni 20 yildan ko‘proq muddatda mablag‘ bilan ta’minlab kelayotgan sarmoyador bundan mustasno. Klublar kiyinish xonasiga olib kelingan gazli suvni emas, saxiylik bilan berilgan moliyaviy ko‘makni qabul qiladilar. Masalan, «Bayer» yoki «Volfsburg» klublari «Bayer» kimyo-farmasevtika korporasiyasi va «Folksvagen» avtomobil konsernisiz faoliyat yurita olmaydilar. Yangi asrda «Xoffenxaym» va «RB Leypsig» klublari ham ular safiga qo‘shildilar.

1,5 yil avval Angliyada ham 50+1 qoidasini kiritmoqchi bo‘lishdi, ammo arizalar naf bermadi

Superliga xususidagi mish-mishlardan keyin angliyalik muxlislar 50+1 g‘oyasiga qiziqib qolishdi va hukumat saytiga ariza yo‘llashdi: ular professional klublar aksiyalari paketini muxlislarga berish haqida qonun qabul qilishni so‘radilar. Murojaat 100 mingdan ortiq ovoz to‘pladi - parlament uni ko‘rib chiqishga majbur edi. Hozirda Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri maqomidagi Boris Jonson sobiq sport vaziri Treysi Krauch ingliz futboli loyihasi bilan shug‘ullanishi va boshqaruvda muxlislar rolining oshirilishini ta’kidlagandi. Mamlakatning raqamli texnologiyalar, madaniyat, media va sport departamenti bu masalaga oid xalqaro tajribani ekspertlar o‘rganib chiqishlariga va’da bergandi. Biroq ish bundan nariga o‘tmadi.

Germaniyada mazkur qoida tinimsiz bahslarga  sabab bo‘lmoqda

Masalan, «Bavariya»ning sobiq prezidenti Uli Xyoness 2016 yilda quyidagicha fikr bildirgandi: «Men 50+1 qoidasi bekor qilinishi tarafdoriman. Xalqaro futbolda bunaqa qoida yo‘q, nemis klublari raqobatbardoshlikni yo‘qotib bormoqdalar. Yana men jamoatchilik «Bavariya» qoidaning bekor qilinishiga qarshi, degan fikrdan voz kechishini istayman. Chunki u holda boshqa klublar biz uchun xavfli bo‘lib qoladilar. Aksiyalarimizning 25 foizini Adidas, Allians va Audi kompaniyalariga berganmiz. Ko‘rib turganingizdek, ichki musobaqalarda ham, xalqaro miqyosda ham muvaffaqiyatli ishtirok etyapmiz. Shu yo‘lni davom ettirishni istaymiz».

Bu fikrni klub vise-prezidenti Karl-Xayns Rummenigge 2018 yildagi intervyusida takrorlagandi: «Umid qilamanki, DFL nemis klublarini mazkur qoidadan xalos etadi».

«Borussiya» bosh direktori Xans-Yoaxim Vatske esa aksincha, 50+1ni qo‘llab,quvvatladi: «Mazkur qoida bilan muvaffaqiyatga erishishning iloji yo‘q deydiganlarga umuman qo‘shilmayman. «Real» va «Bavariya» 50+1ga 100 foiz rioya qiladi. Ular dunyoning eng sovrindor jamoalari».

Biroq VVS muxbiri bilan 2018 yilda bo‘lib o‘tgan muloqotda Vatske o‘zgacha fikrni bayon etgandi: «APLning 18-chi va 20-klublaridagi moliyaviy ko‘rsatkichlar qanday bo‘lsa, «Borussiya»da ham shunday. Xullas, biz uchun bu oson emas».

A.AHMEDOV tayyorladi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 10:00, 20.02.2023.
O'qildi: 1483 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.