Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Kiperlar uchun chin sinov

Kiperlar uchun chin sinov

Baho:
+ | -

«Sautgempton» yetakchilaridan biri Jeyms Uord-Prouzning zarbalari - APL darvozabonlari uchun haqiqiy bosh og‘rig‘i.

 Diqqat qiling, kamtarin jamoa vakili 18 fevral kuni Londonda «Chelsi»ga qarshi kechgan APL 24-turi doirasidagi o‘yinda chempionat hisobidan jarima zarbasini 17-marta golga aylantirdi. 45+1-daqiqada urilgan shu gol yakunda «Sautgemton»ga o‘ta muhim g‘alaba tortiq etganini alohida aytish joiz.

*** 

Jeyms Uord-Prouz endi APLda jarima zarbalaridan gol urish bo‘yicha birgina afsonaviy Devid Bekxemdan ortda qolmoqda. Yana 1ta «standart» gol uni bu borada Angliya chempionatida «qirol»ga aylantiradi. Taqqoslash uchun keltirsak, Krishtianu Ronaldu APLdagi faoliyati davomida jarima nuqtasidan «atigi» 12ta gol hosil qilgan. 

***

Jeyms APLda jarima zarbasidan ilk marta 2013 yilning noyabr oyida foydalangan. O‘sha vaqtdan keyingi davrni olsak, Yevropaning kuchli 5ta ligasida birgina Lionel Messi ko‘proq «standart» gol to‘pladi - 31ta. Lekin bunda bitta jihatni e’tiborga olish kerak: argentinalik yuzduz shundan buyon 333 marta jarima zarbasi tepgan bo‘lsa, Uord-Prouz atigi 112ta urinishga ega bo‘ldi. Qisqasi, angliyalik futbolchi jarima zarbalaridan foydalanish foizi bo‘yicha hattoki, Leodan ham oldinda. Oddiy aytganda, samaradorlik koeffisiyenti Jeyms­da 15,2 foizga teng, Messida esa 9,3 foiz, xolos. 

*** 

Klub afsonasi. Ha, Uord-Prouz «Sautgempton»ning shunchaki, oddiy sardori emas. U klub safiga 2011 yili qo‘shilgan va ortda qolgan davrda APLning o‘zida 330ta o‘yin o‘tkazib, 46ta gol urgan. Demak, Jeymsni bemalol «Sautgempton» afsonasi sifatida ta’riflash mumkin.

P.S.: barcha statistik raqamlar 1 mart kuni holati bo‘yicha keltirilgan.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 07:30, 09.03.2023.
O'qildi: 1576 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.