Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Xavi: "Atletik" ustidan qozonilgan g‘alaba oltinga teng"

Xavi: "Atletik" ustidan qozonilgan g‘alaba oltinga teng"

Baho:
+ | -

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ispaniya chempionatining 25-turidan o‘rin olgan "Atletik"ga (1:0) qarshi o‘yin haqida fikr bildirdi.

"Yana hammasi bir xil. Biz yaxshiroq o‘ynashimiz va hujum qilishimiz kerak. Biz qiyin stadionda oldinga chiqib oldik, yakunda chidashimiz kerak edi, bu normal holat. Bu g‘alaba oltin bilan baholanadi, biz 9 ochko bilan peshqadamlikni saqlab qoldik. Biz "El Klasiko"ga ishonch bilan yondashamiz. Biz g‘alaba qozonishga haqli edik.

Bizda 2-3 ta aniq imkoniyatlar bor edi. Biz bu o‘yinni yopishga majbur bo‘ldik. Lekin himoyaviy ishonch ham muhim. Biz yaxshilanishimiz va hujumda xotirjam va sabrli bo‘lishimiz kerak. Men bizning pozisiyamizdan juda mamnunman. Biz La Liga va Chempionlar Ligasi g‘olibi "Real"dan 9 ochko oldindamiz", - dedi Xavi DAZN nashriga.

"Barselona" 65 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda va ikkinchi o‘rindagi "Real"dan 9 ochko oldinda. "Atletik" 33 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 10:12, 13.03.2023.
O'qildi: 1799 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик