Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Superliga. «Metallurg» – «Qizilqum» (prevyu)

Baho:
+ | -

«Metallurg» va «Qizilqum» shu kungacha elitada 46 marta kuch sinashgan: uning 16 tasi «Metallurg», 18 tasida «Qizilqum» g‘alaba qozongan, 12 ta uchrashuvda kuchlar teng kelgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi 61:59, vohaliklar foydasiga. «Metallurg» bu raqibini ikki marta 4:1 hisobida dog‘da qoldirgan (2006, 2019). «Qizilqum» esa bitta uchrashuvda javobsiz beshta to‘p (0:5, 2006) kiritgan.

Ushbu jamoalarning Bekobodda bo‘lib o‘tgan 23 ta uchrashuvidan 11 tasida maydon egalari g‘alaba qozongan, 6 ta uchrashuvda durangga imzo chekilgan. 6 ta o‘yinda mehmonlar zafar quchgan. Bu uchrashuvlarda «Metallurg» raqiblari darvozasiga 40 ta gol kiritib, o‘z darvozasidan 26 ta to‘p o‘tkazib yuborgan.

Bekobodda so‘nggi beshta uchrashuvda qayd etilgan natija:

06.05.2022  Metallurg – Qizilqum   – 1:1
01.08.2021  Metallurg – Qizilqum   – 1:2
22.08.2020  Metallurg – Qizilqum   – 1:2
12.04.2019  Metallurg – Qizilqum   – 4:1
12.08.2018  Metallurg – Qizilqum   – 2:1

«Qizilqum» haqida

Navoiyning "Qizilqum" jamoasiga 1974 yilda asos solingan. Dastavval jamoa Zarafshon shahrida «Progress» nomi bilan faoliyat yuritgan. Mamlakat mustaqilligiga qadar jamoa viloyat, respublika birinchiligi hamda sobiq Ittifoq chempionati ikkinchi ligasida o‘ynagan. 1992 yilda O‘zbekiston birinchiligida qatnashib kelgan jamoa 1999 yili quyi ligada 3-o‘rinni egalladi va oliy ligaga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. 1994 yildan «Qizilqum» nomi bilan yuritib kelinayotgan jamoa oliy ligadagi uchinchi mavsumida eng yuqori natijasini qayd etdi, ya’ni bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Bugungacha navoiyliklar kuchlilar safida 662 ta uchrashuv o‘tkazib, shulardan 235 tasida g‘alaba qozongan, 144 o‘yinda durangga erishgan, 283 o‘yinda esa imkoniyatni boy bergan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi – 803:950.

«Qizilqum» jamoasining oliy ligadagi eng yirik g‘alabasi – 7:0 (2003 yil, «Guliston»), eng yirik mag‘lubiyati – 0:11 (2007 yil, «Paxtakor») tashkil etadi.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 07:48, 18.03.2023.
O'qildi: 1127 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик