Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Luisma Ernandes: "O‘yinlarga ruhiy jihatdan ham tayyorgarlik ko‘rish kerak"

Luisma Ernandes: "O‘yinlarga ruhiy jihatdan ham tayyorgarlik ko‘rish kerak"

Baho:
+ | -

Superliga 3-turidan o‘rin olgan “Metallurg” – “Qizilqum” uchrashuvidan keyingi matuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Luisma Ernandes o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Bugungi o‘yinga bir hafta davomida tayyorgarlik ko‘rdik. O‘tgan bahslarda yo‘l qo‘yilgan xatolardan xulosa chiqarib, qattiq mehnat qildik va g‘alabaga erishdik.

Kelgusi bellashuvlarga nafaqat texnik-taktik jihatdan, balki ruhiy jihatdan ham tayyorgarlik ko‘ramiz. Zero, o‘tgan ikki uchrashuvda futbolchilarimiz asablarini jilovlay olmagani sabab maydonda 10 kishi qolgan edik. Bugun raqib jamoada ham xuddi shunday holat sodir bo‘ldi.

Kelgusi turda amaldagi chempion “Paxtakor”ga qarshi bahs olib boramiz. “Sherlar” Bekobodga g‘alaba uchun kelishlari aniq. Lekin, biz ham ularga munosib qarshilik ko‘rsatishga harakat qilamiz”, – dedi Ernades.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 20:00, 19.03.2023.
O'qildi: 1068 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик