Kirish Ro'yxatdan o'tish

Sergey Arslonov: «Futbolchilarning shijoati, gol urish uchun qilgan mehnatlari tahsinga sazovor»

Sergey Arslonov: «Futbolchilarning shijoati, gol urish uchun qilgan mehnatlari tahsinga sazovor»

Baho:
+ | -

Superliga 3-turi doirasida safarda «Turon» bilan durang o‘ynagan «Surxon» klubi bosh murabbiyi Sergey Arslonov jamoasi ikkinchi taymda yaxshiroq o‘ynagani, natija qoniqarli bo‘lgani va raqib haqida gapirdi.

«Turli xil taymlar guvohiga aylandik. Birinchi taymda himoyaga urg‘u bergan bo‘lsak, ikkinchi taymda asosan raqib darvozasi oldida, yuqoriroq pozisiyada o‘ynadik», - dedi Arslonov.

«Agar o‘yin davomida hisobda ortda qolayotganimizni inobatga olsak, natijadan qoniqdim. Ikkinchi taymda biz yaxshiroq o‘ynadik, ko‘plab vaziyatlar yaratdik. Futbolchilarning shijoati, gol urish uchun qilgan mehnatlari tahsinga sazovor».

«Raqib birinchi taymda bizdan yaxshiroq o‘ynadi. Vaziyatlar yaratdi. Ammo, ikkinchi taymda biz vaziyatni o‘z tomonimizga og‘dirdik. Bundan xursandman».

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 23:29, 19.03.2023.
O'qildi: 1389 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик