Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/10 14:10 Avstraliya 3-1 Xitoy
10/10 19:00 O‘zbekiston 0-0 Eron
10/10 19:00 Iordaniya 0-2 Janubiy Koreya
10/10 21:00 Bahrayn 2-2 Indoneziya
10/10 21:00 Qatar 3-1 Qirg‘iziston
10/10 21:00 Ummon 4-0 Kuvayt
10/10 21:00 BAA 1-1 KXDR
10/10 23:00 Iroq 1-0 Falastin
10/10 23:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Yaponiya
11/10 01:00 Boliviya 1-0 Kolumbiya
11/10 02:00 Ekvador 0-0 Paragvay
11/10 02:00 Venesuela 1-1 Argentina
11/10 05:00 Chili 1-2 Braziliya
12/10 05:00 Peru - Urugvay
12/10 19:00 Dinamo - Navbahor

Mavsumning eng yaxshi transferlari

Mavsumning eng yaxshi transferlari

Baho:
+ | -

 2022 yilning yozida va 2023 yil yanvar oyida futbol olamida ko‘plab katta transferlar amalga oshirildi. Ammo ularning hammasi ham o‘zini oqladi deb bo‘lmaydi. Shu bilan birga o‘zini oqlagan va omadli chiqqan transferlar ham mavjud quyida shu haqida so‘z yuritamiz. 

Robert Levandovski

Qishki transferlarni baholashga hali erta, ammo yozgi transferlar amalga oshganiga ancha vaqt o‘tdi. 45 million yevro evaziga "Barselona" "gol mashinasi"ni sotib oldi. "Bavariya", "Manchester Yunayted", "Chelsi" va boshqa ko‘plab klublarning hujum markazida muammolarini bilgan Xavi jamoasida bunday muammoni bartaraf etib bo‘lgan. To‘g‘ri transferni bir tomondan omadsiz deyishingiz mumkin. Chunki Leva va "Barsa" yevrokuboklarda ishtirokini to‘xtatdi. Ammo Robert la liganing eng yaxshi to‘purari va "Barselona" chempionlik uchun asosiy davogar. 

Karlos Kazemiro

Karlos Madriddagidan ko‘ra ko‘proq erkinlik va yetakchilik rolni xohlardi. "MYU" braziliyalikka shuni taqdim etadigan jamoalar qatorida bo‘lgan. Bu transfer Kazemirodan ham ko‘proq "MYU" uchun omadli bo‘lib chiqdi. Chunki jamoa Kazemirosiz o‘tgan aksariyat o‘yinlarda ochko yo‘qotgan. Kazemiro asosiy tarkibda o‘ynagan o‘yinlarda "MYU" juda kam ochko yo‘qotgan. Fikrlarning isboti sifatida: Kazemironing 4 o‘yinga disfilifikasiyasi "MYU" muxlislarini havotirga solmoqda.  

Matiys de Ligt

De Ligtning "Yuventus"dagi muvaffaqiyatsizliklari Turin klubi uchun qiyin paytlarga to‘g‘ri keldi. "Bavariya"da Nagelsmann o‘zini chalg‘itishni yaxshi ko‘rsada, o‘ynash osonroq va qiziqarliroq. Nemis gigantining himoyasi mukammal emas, ammo Zommer qo‘riqlayotgan darvoza chiziqlaridan to‘pni olib chiqqan de Ligtning borligi Chempionlar ligasi favoritlaridan birini Istanbuldagi finalga yaqinlashtiradi. Ammo bu yo‘l shu qadar murakkabki - avvaliga "Manchester Siti", keyin esa "Chelsi" va "Real" juftligi g‘olibi - de Ligt zerikmaydi. 

Orelyen Tchuameni

Kazemironing ketishi Tchuameniga juda katta imkoniyat eshiklarini ochdi va Anchelottini tanlov muammosidan qutqardi. Karlo endi asosiy tarkib tanlashda Tchuameni uchun joy qidirib ovora bo‘lmaydi. Fransuz jamoaga kelishi bilan asosiy tarkibdan joy oldi va ishonchni to‘liq oqladi. Ammo mavsum oradig‘ida olgan jarohati bilan bir nechta asosiy o‘yinlarni o‘tkazib yubordi. "Real"ning oldindagi taqvimiga qarasak jamoaga Tchuamenining ishonchli va sovuqqon o‘yini juda zarur. 

Jyul Kunde va Andreas Kristensen

Transferlarni ajratib ko‘rsatish mumkin, chunki 50 million yevrolik himoyachi va erkin agent birga, lekin ularni e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi. Ter Shtegen La Liganing 26 turida 9 ta gol o‘tkazib yubordi. Xavining yangilangan himoya chizig‘i uchun eng yaxshi reklama. Ammo Yevrokuboklardagi ko‘rsatkich yomonligi bu hali yetilmagan juftlik ekanligidan dalolat beradi. 

Xvicha Kvarasxeliya

Osimxen va Kvarasxeliya bir-biriga o‘xshash bo‘lgani uchun, ular Spaletti bilan birga Skudettoni yutishlari kerak. Va ishtaha ovqat payti keladi deganlaridak. Gruziyalik futbolchi Chempionlar ligasi finalida o‘ynashi mumkin. Albatta, qur’a ko‘ringandan ham qiyinroq – "Milan", "Inter" va "Benfika" xavfli, ammo "Napoli" uchun bundan yaxshiroq imkoniyat bo‘lmasdi. Xvichaga keladigan bo‘lsak, u Italiyada shunday o‘yin ko‘rsatyaptiki, uni Maradonaga qiyoslab yangi nom bilan atamoqda - "Xvaradona"!

Erling Xoland

Bu transferni shunchaki omadli deb aytish kifoya qilmaydi. Xoland va "Manchester Siti" bu transferdan birdek manfaat olmoqda. Xoland gollar va rekordlar og‘ushida bo‘lsa, "Siti" robot hujumchiga ega bo‘ldi. Ammo, Xoland jamoaga yevrokubokda zafar quchishda yordam berish uchun sotib olingan. "Siti"ning azaliy orzusi amalga oshsa so‘zsiz Erling birinchilar qatorida tilga olinadi.  

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 15:49, 23.03.2023.
O'qildi: 2604 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.