Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

Tuxel «Bavariya» boshqaruvida Gvardiolani YECHLdan chiqarib yubora oladimi?

Tuxel «Bavariya» boshqaruvida Gvardiolani YECHLdan chiqarib yubora oladimi?

Baho:
+ | -

“Bavariya” doim kuchli jamoa bo‘lib kelgan, ammo Yevropadagi natijalar nuqtai nazaridan biroz paradoksal, bu jihatdan “Chelsi”ga o‘xshab ketadi.

Klub deyarli har yili Bundesligani yutishini e’tiborga olsak, muvaffaqiyatni asosan Chempionlar Ligasidagi natijalar asosida o‘lchashimiz mantiqli. Qarangki, klub qachonki, bir murabbiy bilan uzoq muddatli va rejali loyiha asosida yangi kuch qurishga uringanda, ko‘ngildagidek yakunlanmagan. Aksincha, vaqtincha ko‘rilgan, kutilmaganda yuzaga kelgan vaziyatlarda jamoa katta sovrinlarni qo‘lga kiritgan.

Pep Gvardiolani klublar nega taklif qilishini yaxshi bilamiz, ammo jamoa yarimfinaldan uyog‘ini ko‘rmagan bo‘lsa, Nagelsman bilan 2026 yilgacha shartnoma tuzilib, hammasi unga moslab qilinayotgandi – kecha iste’foga chiqarildi. Qandaydir o‘tish davri sifatida ko‘rilgan Flik 2020 yilda, 2013 yilda esa, o‘sha paytda allaqachon ketishi aniq bo‘lgan Xaynkes klubga Chempionlar Ligasini yutib berishdi. Xuddi “Chelsi” Chempionlar Ligasiga kuboklarini vaqtinchalik murabbiylar bilan yutgani, hamda Villash-Boash, Skolari kabi murabbiylar esa, muvaffaqiyatsizlikka uchraganini eslang.

Nagelsmanning ketishi, ayniqsa, hal qiluvchi o‘yinlar oldidan, noto‘g‘ridek tuyulsa-da, birgina tushuntirish bor – Tomas Tuxeldek murabbiy doim ham “ko‘chada yotmaydi”. Antonio Kontening matbuot anjumanidan keyingi gaplaridan so‘ng, uning ketishi aniq bo‘lib qolgani va “Tottenhem” faol tarzda murabbiy qidirayotgani nemislarni tezroq harakat qilishga undadi. Tuxel esa, qisqa muddatda ham kuchli jamoa tuza olishini o‘tgan safar ko‘rgandik. Pep Gvardiolaga yana qiyin bo‘ladigan bo‘ldi. Avvalgi duelda Tuxel uch oyda ham Angliya kubogi, ham Chempionlar Ligasini Pepdan tortib olgandi.

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/aslanov_futbol
Kiritildi: 14:48, 24.03.2023.
O'qildi: 27550 marta.
Fikrlar: 19 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.