Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

“Rubin” klubi ikki o‘zbekistonlik futbolchini sotishga tayyor. Ularga arab va Avstraliya klublaridan takliflar bor

“Rubin” klubi ikki o‘zbekistonlik futbolchini sotishga tayyor. Ularga arab va Avstraliya klublaridan takliflar bor

Baho:
+ | -

Qozonning “Rubin” klubi qishki transfer oynasida bir qator o‘zgarishlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Jamoa 5 nafar futbolchini sotish yoki ijaraga berish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyorlanmoqda. Ushbu ro‘yxatda ikki nafar o‘zbekistonlik futbolchi ham borligi haqida insayder Karpov xabar berdi.

Tojikistonlik bosh murabbiy Rashid Rahimov mavsumning ikkinchi qismi oldidan jamoani kuchaytirishni maqsad qilgan. Biroq bunga qadar klub ko‘plab futbolchilariga yangi jamoa izlayotgani aytilmoqda. Ular orasida Rustam Ashurmatov va Umarali Rahmonaliyev ham bor.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Rustam Ashurmatovga o‘zbek klublari va Yaqin Sharq jamoalari qiziqish bildirgan bo‘lsa-da, hali aniq takliflar yo‘q.

21 yoshli yarim himoyachi Umarali Rahmonaliyev ushbu mavsumda RPLda bor-yo‘g‘i 84 daqiqa maydonga tushgan va asosiy tarkibga kira olmagan. “Navbahor”, “Paxtakor”, “Bunyodkor” hamda “Neftchi” jamoalari unga qiziqayotgan bo‘lsa-da, futbolchi Turkiya yoki Avstraliya klublarini afzal ko‘rmoqda. Turkiyaning “Bodrumspor” va Avstraliyaning “Western Sydney Wanderers” jamoalaridan Rahmonaliyevga qiziqish bildirilgan.

“Rubin” klubi yarim himoyachisi Umarali Rahmonaliyevning agenti Raul Abdurahmonov futbolchi 2025 yilgi qishki transfer oynasida jamoani tark etishi mumkinligini ma’lum qildi.

“Umarali ijaraga beriladi yoki to‘liq transfer amalga oshiriladi. Hammasi klublarning transferga qiziqish darajasiga bog‘liq. Hozircha aniq takliflar yo‘q, ammo qiziqish mavjud. Biz aniqroq takliflarni kutyapmiz. Hozirda ikkita variant bor: biri Avstraliya chempionatidagi ekzotik klub, ikkinchi taklif esa Turkiyadan”, — deya ma’lum qildi Abdurahmonov “Championat” nashriga bergan intervyusida.

Shuningdek, Abdurahmonov “Rubin” bilan bu masalani muhokama qilganini ham aytdi:

“Men Moskvaga uchib borib, Rahmonaliyevning kelajagini muhokama qildim. Biz futbolchini oqilona narxga ijaraga berish yoki transfer qilish bo‘yicha kelishuvga erishdik”.

Avvalroq Umarali Rahmonaliyev Angliya Premyer ligasida o‘ynash istagi borligini aytgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:55, 24.12.2024.
O'qildi: 3233 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.