Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Ouen, Fabregas, Runi... Iste’dodi erta namoyon bo‘lgan yulduzlar

Ouen, Fabregas, Runi... Iste’dodi erta namoyon bo‘lgan yulduzlar

Baho:
+ | -

Jud Bellingem, Gavi, Pedri, Musiala. Bu ro‘yxat juda uzun bo‘lishi mumkin. Ayni dam sport mahorati shu darajaga yetdiki, maktabni tamomlagan navqiron avlod kattalar bilan tengma-teng kurash olib boradi, ular bilan jismoniy va taktik jihatdan kurashadi. 

Ilgari futbolchilar o‘z cho‘qqisiga bu qadar tez erisha olmagan. Biroq bir qator istisno holatlar ham mavjud edi. Quyida ular haqida qisqacha so‘z yuritamiz.

Maykl Ouen «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritib, kurashni boshlab yubordi

17 yoshida ingliz «Liverpul» bilan professional shartnoma imzoladi va olti oy o‘tgach, 1997 yil may oyida u Premyer-liga o‘yinida asosiy jamoa uchun debyut qildi va to‘p kiritgan eng yosh futbolchiga aylandi. Keyingi mavsumdayoq u yevrokuboklarda gollar urishni boshladi - sentyabrda «Seltik»ka qarshi bahsda va bir necha oy o‘tgach, Maykl xet-trik qayd etdi.

Uning parvozi ajoyib edi. Ouen tezda «Enfild»ning sevimlisiga aylandi va «oltin bola» nomini oldi. 1999 va 2000 yillarda olgan jarohatlariga qaramay, u maydonga qaytishga muvaffaq bo‘ldi va 00/01 mavsumini yaxshi o‘tkazdi. Uning «Arsenal» darvozasiga kiritgan ikkita goli evaziga «qizillar» Angliya kubogini, Angliya liga kubogi va UYEFA kubogini qo‘lga kiritdi. Keyingi mavsum boshida Angliyaning amaldagi chempioni «Manchester Yunayted» va Chempionlar ligasi sohibi «Bavariya»ni mag‘lub etdi va birdaniga ikkita Superkubokni qo‘lga kiritdi. Har ikki uchrashuvda ham Ouen hal qiluvchi gollarga mualliflik qildi.

Ajoyib chiqishlar e’tibordan chetda qolmadi va 2001 yil oxirida Maykl «Oltin to‘p» bilan taqdirlandi. 22 yoshida ingliz jahon darajasidagi yulduzga aylandi va jamoasi uchun ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq, u rivojlanishining noto‘g‘ri yo‘lini tanladi, transferda xatoga yo‘l qo‘ydi va uning keyingi taqdiri yaxshi bo‘lmadi. Jarohatlar, og‘riq qoldiruvchi vositalar bilan kechgan o‘yinlar, shuningdek, ingliz jamoatchiligining bosimi unga katta ta’sir ko‘rsatdi.

Ueyn Runi bir vaqtlar dunyodagi eng qimmat o‘smirga aylangan

«Everton»dagi faoliyati davomida Runi Angliyaning va ehtimol dunyoning eng istiqbolli futbolchisiga aylangandi. 16 yoshida u Premyer-ligadagi debyutini o‘tkazdi, keyinchalik Angliya terma jamoasida o‘ynagan eng yosh futbolchi, milliy terma jamoaning eng yosh to‘purari, shuningdek, Yevropa chempionatining eng yosh ishtirokchisiga aylandi.

«Everton»ning asosiy jamoasida Runi atigi 2 yil o‘ynadi. 2004 yilda uni «Manchester Yunayted» sotib oldi, chunki «mankunianliklar» bunday darajadagi iqtidordan o‘tib bo‘lmasligini tushunishdi. Transfer 30 million funt sterlingga tushdi, bu o‘smir uchun to‘langan rekord summa edi. Bu transfer yuqori narx tufayli ham tanqidga uchradi.

Birinchi mavsumdayoq Runi 17 ta gol urdi va jamoaga Premyer-liga chempionligini qo‘lga kiritishga yordam berdi. U tezda yulduzlar jamoasining asosiy o‘yinchisiga aylanishga muvaffaq bo‘ldi. Angliyalik futbolchi jamoada 13 yil o‘tkazdi, sardorlik bog‘ichini taqib ko‘rdi, shuningdek, klub afsonasiga aylandi.

Robben faoliyatining dastlabki bosqichida xatolarga yo‘l qo‘ygan, ammo keyinchalik o‘z klubini topgan

Aryenning debyuti 16 yoshida bo‘lgan. U «Groningen» futbolchisi sifatida o‘zini ancha erta namoyon qila oldi va asosiy tarkib futbolchisiga aylandi. Faoliyatining dastlabki bosqichlarida Robben ko‘pincha asosiy tarkibda maydonga tushar edi. Shunday qilib, 16 yoshida u mavsumning 18 ta o‘yinida qatnashdi va asosiy o‘yinchi sifatidagi birinchi to‘liq mavsumida 10 ta gol urdi.

Yosh iste’dodning o‘yinlari e’tibordan chetda qolmadi va u keyingi futbol yilini «PSV» futbolchisi sifatida boshladi. Eyndxovenda ikki yil o‘ynagach, uni tezda Londonning «Chelsi»si ko‘rib qoldi va u 20 yoshli vingerni 18 million yevroga sotib oldi. Premyer-ligadagi yillar chigal edi, u jamoada o‘z o‘rnini topa olmadi, ammo Florentino Peres e’tiborini vingerga qaratdi. Biroq, uning «Real Madrid»da ham ishlari yurishmadi va Robben Myunxenga ko‘chib o‘tdi va u yerda o‘zini to‘liq ocha oldi.

Fabregas faoliyatining boshidagi raqobatga qaramay, juda tez o‘sdi

Sesk 2003 yilda 3 million yevro evaziga «La Masiya»dan Londonning «Arsenal» klubiga o‘tgan edi. O‘shanda kataloniyalik atigi 16 yoshda bo‘lgan. O‘sha yili u 16 yoshu 177 kunligida «Roterxem»ga qarshi Liga kubogi o‘yinida «kanonirlar» safida debyut qildi. Keyinchalik u «Arsenal» tarixidagi eng yosh gol muallifiga aylandi, avval umumiy hisobda, keyinroq esa Premyer-ligada. Shuningdek, u Chempionlar ligasida gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi.

Fabregasning yuksalishi juda tez edi. Uning yonida Tyerri Anri, Robert Pires, Jilberto Silva, Patrik Viyeyra kabi afsonalar bor edi. Biroq, yosh Sesk bunday kattalikdagi o‘yinchilar fonida adashib qolmay, o‘zini baland ovozda e’lon qildi. «Kanonirlar» safida hali «engilmas» avlod vakillari ko‘p edi, ammo ularning vaqti o‘z nihoyasiga yetayotgani va jamoaga yangi yetakchilar kerakligi ko‘rinib turardi. Fabregas shunday bo‘ldi. Ikkinchi mavsumida u Premyer-ligada 33 ta o‘yin o‘tkazdi, garchi o‘sha paytda u atigi 17 yoshda bo‘lsa ham.

21 yoshida Fabregas 2008 yilda sardorlik rolini sinab ko‘rdi. Keyin «Barselona»ga qaytdi. Hozir Sesk B Seriyada mahalliy «Komo» klubida o‘ynaydi.

Kiritildi: 22:53, 28.03.2023.
O'qildi: 1736 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.