Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

APLning eng ko‘p xet-trikka ega bo‘lgan futbolchilari: Aguero, Keyn, Anri...

APLning eng ko‘p xet-trikka ega bo‘lgan futbolchilari: Aguero, Keyn, Anri...

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasi uzoq yillardan beri ko‘plab dunyo tanigan yulduz futbolchilarga makon bo‘lib kelmoqda. Ularning ayrimlari ko‘plab xet-trik gollar egasi hisoblanadi. Masalan, bu mavsumni olsak. Erling Xoland deb atalmish "maxluq", Alan Shirerning yagona mavsumda qayd etgan 5 ta xet-trikli rekordini yangilashga yaqin turibdi. U ilk mavsumidayoq 4 ta xet-trikka erishdi.

Umuman olib qaraganda, "Nyukasl"ning sobiq hujumchisida 11 ta APL xet-trigi mavjud va bu borada Shirer yaqin-yaqingacha rekordchi hisoblanardi. U 1995-96 yilgi mavsumda "Blekbern" safida 5 ta xet-trik qayd etib, jami 31 ta golga mualliflik qilgan. Shunga qaramay, Shirer o‘z o‘rnini Serxio Agueroga bo‘shatib berishga majbur bo‘lgan. Argentinalik hujumchi APLdagi faoliyati davomida jami 12 ta xet-trik qayd etadi. U "Manchester Siti"ning eng yaxshi to‘puraridan biriga aylangan. Aguero "shaharliklar" safida jami 260 ta golga mualliflik qildi. Bu esa klub tarixidagi eng yaxshi ko‘rsatkich sanaladi. Hujumchining 12 ta xet-trigining uchtasi "Arsenal" va "Chelsi"ga qarshi kiritilgani ham e’tiborga molik natijadir. Aguero haqida Pep Gvardiola shunday fikrlar bildirib o‘tgandi:

"Serxio almashtirib bo‘lmas futbolchi edi. Negaki, bir klubda 360 dan ortiq o‘yin o‘tkazib, 250 dan ortiq gol urish hammaning ham qo‘lidan kelmaydi. Shunday ekan, Aguero - tirik afsona. U klubdagi eng yaxshisi va asrlar davomida shunday bo‘lib qoladi. Balki maydonda u almashtirilgandir. Ammo Aguero nomi bizning, muxlislarning, u bilan ishlagan murabbiy va futbolchilarning qalbida o‘zgarmas bo‘lib qolaveradi".
Ro‘yxatning yana bir vakili Xarri Keyn sanaladi. "Tottenxem" hujumchisi o‘z nomiga hozirga qadar 8 ta xet-trik yozdirib qo‘ya olgan. Shuningdek, u Alan Shirerning APL rekordiga eng yaqin futbolchi sanaladi. Keyn 260 talik dovonga yetishi uchun 56 ta gol kerak.

Tyerri Anri va Maykl Ouen kabi nomlar ham 8 tadan xet-trikka ega. Ular APLning eng yaxshi to‘purarlari safida, kuchli o‘nlikka kiradi. Ueyn Runida esa yuqoridagi nomlarga qaraganda 1 ta kam. Ammo Runi faoliyati o‘ta yorqin edi. Uning eng mashhur xet-trigi 2011 yilda "Arsenal"ga qarshi o‘yinda kiritilgan (8-2). Xullas, nomlar juda ham ko‘p. Qisqa va aniq qilish uchun biz 14 ta APL o‘yinchilari nomini jamladik. Ularning har biri 1992 yildan beri ko‘plab xet-triklarga mualliflik qilgan.

1. Serxio Aguero – 12 ta
2. Alan Shirer – 11 ta
3. Robbi Fauler – 9 ta
4. Xarri Keyn – 8 ta
5. Maykl Ouen – 8 ta
6. Tyerri Anri – 8 ta
7. Ueyn Runi – 7 ta
8. Luis Suares – 6 ta
9. Robin van Persi – 5 ta
10. Endi Koul – 5 ta
11. Dimitr Berbatov – 5 ta
12. Raxim Sterling – 5 ta
13. Rud van Nistelroy – 5 ta
14. Ian Rayt – 5 ta.

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 21:47, 30.03.2023.
O'qildi: 1952 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.