Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Umarali Rahmonaliyevning xonadoniga tashrif: Kecha, bugun, ertaga...

Umarali Rahmonaliyevning xonadoniga tashrif: Kecha, bugun, ertaga...

Baho:
+ | -

Mamlakatimiz yashil maydonlarida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan futbolchilarimizning xonadonlariga borib suhbat uyushtirishda davom etamiz.

Biz bu safar terma jamoamiz sardori, Rossiyaning «Rubin» klubi a’zosi Umarali Rahmonaliyevning xonadoniga tashrif buyurdik. Umaralining o‘zi Toshkentda o‘tkazilgan taqdirlash marosimidan so‘ng, darhol «Rubin» qarorgohiga jo‘nab ketgani bois suhbatimiz uning ota-onalari bilan bo‘lib o‘tdi.

Umaralining otasi Muhammadali aka Umaraliyev:

- Avvalo butun O‘zbekiston xalqini muborak ramazon oyi kirib kelgani bilan chin qalbimdan tabriklayman. Farzandim Umarali To‘raqo‘rg‘on tumani Langarbobo MFYda tavallud topib shu hududning 18-sonli umumiy ta’lim maktabida 4-sinfgacha tahsil oldi. Undagi millionlar o‘yiniga bo‘lgan qiziqish va intilish shu davrdayoq namoyon bo‘la boshladi. Shundang so‘ng farzandimni To‘raqo‘rg‘ondagi sport maktabiga o‘qishga berdik. U yerda bir yil shug‘ullangach Toshkentning «Bunyodkor» akademiyasi murabbiylari taklifiga binoan o‘g‘limni «qaldirg‘ochlar» akademiyasiga joyladik. Umarali akademiyadagi murabbiylar ko‘magi va mehnati asosida bugungi darajaga erishdi. 2019 yildan asosiy tarkib bilan shug‘ullanishni boshlab, uch mavsum davomida jamoasining bir necha muhim gollariga mualliflik qilish asnosida turli nominasiyalarda eng yaxshisi deb topildi. Umaralini joriy yil avvalida katta umidlar bilan Rossiyaning «Rubin» klubi tarkibiga kuzatib qo‘ydik. Mart oyida yurtimizda o‘tgan Osiyo chempionatida esa farzandim terma jamoamiz sadori sifatida to‘p surib Avstraliyaga qarshi kechgan uchrashuvdagi penal’tilar seriyasida eng so‘nggi golni kiritdi va vakillarimizni jahon chempionatiga olib chiqdi. Finalda esa yana bir bor o‘ziga yuklatilgan vazifani oqilona bajarib, Iroq darvozasini ishg‘ol qildi va terma jamoamizni chempionlik sari yetakladi. Mazkur o‘yinni Prezidentimiz oila a’zolari bilan birgalikda o‘yingohda kuzatib borganliklari taqdirlash marosimida esa g‘alabani futbolchilar bilan birga nishonlaganliklari barchamizni xursand qildi. Biz el nazariga tushgan mana shunday farzand voyaga yetkazganimizdan faxrlanamiz.

- Qariyb yarim yil ichida Umaralining faoliyatida ko‘plab futbolchilar havas qiladigan voqe’liklar kuzatildi...

- Farzandim har qanday ishga kirishmoqchi bo‘lsa unga nihoyatda tirishqoqlik bilan yondashardi. Uning bu fe’l-atvorini bilganimiz uchun imkon qadar futboldan chalg‘imasligiga e’tibor qaratdik. Futbol doimo birinchi o‘rinda bo‘lishini ta’minlashga intilardik. Mashg‘ulotlarda ham o‘z ustida tinimsiz ishlardi. Qo‘shimcha mashg‘ulotlar bajarardi. Shu bois bo‘lsa kerak, doimo ustozlari e’tiborida bo‘ldi. «Rubin» murabbiylari nazariga tushdi. Osiyo chempionatida esa nihoyatda mas’uliyatli vazifalar yuklatildi. Shukurki, ishonchni oqladi. Ochig‘i, qisqa davr mobaynida bu darajada katta yuuqlarga erishishini kutmagandik. Orzu-umidlarimiz ko‘p edi, ammo Allohning karomati ila barchasi ziyodasi bilan amalga oshmoqda.

Futbolchining onasi Gullola Niyozova:

- Dadasi aytib o‘tganlaridek o‘g‘lim nihoyatda tirishqoq va izlanuvchan bo‘lganligi bois o‘zimiz juda taniqli oila bo‘lmasakda xo‘jayinim bilan kelishgan holda farzandimizni o‘zi qiziqqan sohada tarbiya topishiga qaror qilganmiz. Bu qiyin yo‘l edi. Buning mashaqqati, qiyinchiligini juda yaxshi bilardik. Biroq farzandimizdagi iqtidor va tirishqoqlikni ham bee’tibor qoldira olmasdik. Qiyinchiliklarsiz hech narsaga erishib bo‘lmaydi. Allohga shukur bugun qilingan mehnatlar samarasini ko‘rib turibmiz. Ba’zida shunday kunlar bo‘lganki,   xo‘jayinim topgan pullarini ro‘zg‘orga ishlatsalar, men maoshimni Umaraliga jo‘natganman. Yo‘lkirasini topsak kunlik ehtiyojlari uchun pul topib bera olmaganmiz. O‘g‘lim irodali bo‘lganligi uchun barchasiga chidab, iste’dodini ko‘rsata oldi. Tirishqoqligi asnosida «Bunyodkor»ning asosiy tarkibiga kirdi va terma jamoamizdan chaqiruv olib chempionlik yo‘lida o‘z hissasini qo‘shdi. O‘g‘limning har bir qo‘lga kiritgan yutug‘idan keyin ko‘zimga yosh olaman. Qiynalganlarimiz esimga tushadi. Ehtimol, biz uni kam-ko‘stsiz ta’minlab turganimizda ham o‘zida iste’dod bo‘lmaganida bu darajaga yetisha olmasmidi.

- Osiyo chempionati barchamiz kabi Umarali va sizlar uchun ham unutilmas voqe’liklarga boy bo‘ldi...

- Albatta, vakillarimizning turnirdagi barcha uchrashuvlarini o‘yingohdan kuzatdik. Muxlislarning birortasi o‘g‘lim haqida noma’qul gap gapirmadi. Faqat iliq so‘zlarni eshitdik. Bundan nihoyatda faxrlanib o‘tirdik. Avstraliyaga qarshi uchrashuvda Umarali penaltilar seriyasida so‘nggi hal qiluvchi zarbani berishi kerak edi. O‘sha vaziyatda unga qaray olmadim. U g‘alaba golini urib, terma jamoamizning jahon chempionati yo‘llanmasiga ega chiqishida o‘z hissasini qo‘shdi va butun irodasini jamlab, buni men emas Alloh qildi, deb ifodaladi. Ochig‘i o‘g‘limning irodasiga qoyil qolaman. Oxirgi chempionlik o‘yinida esa Prezidentimizning o‘zlari stadionga tashrif buyurib futbolchilarni qo‘llab-quvvatlaganlari, g‘alabani ular bilan birga nishonlaganlari va farzandimga e’tibor qaratganlari juda xursand qildi. Umarali hal qiluvchi golni urishini aytib orzu qilib yurardim. Bu hol ikki bor nasib etdi. Birinchisi Avstraliyaga qarshi o‘yinda, ikkinchisi finalda Iroqqa qarshi o‘yinda sodir bo‘ldi. To‘g‘risi, o‘g‘lim to‘p yoniga yaqinlashganda gol urolmaydi degan fikr hech qachon xayolimdan o‘tmagan. Unga ishonardim. Umarali Alloh nazariga tushgan bola ekan uni prezidentimiz bag‘rlariga bosib qutladilar. O‘sha vaziyatni o‘yingohdan kuzatib turdim. Umaralini xuddi o‘zimni otam quchoqlagandek bo‘ldilar. Chunki farzandimni bu darajaga yetishishida marhum otamning ham hissalari katta bo‘lgan. Shu o‘rinda futbolga berayotgan e’tiborlari uchun prezidentimizga, muxlislarga va butun o‘zbek xalqiga esa duolari bilan farzandlarimizni qo‘llab-quvvatlab turganliklari uchun minnatdorchilik bildiraman.

- Ko‘zga ko‘ringan futbolchi bo‘lish uchun iste’doddan ko‘ra pul ko‘proq ahamiyat kasb etadi deguvchilar ham uchrab turadi.   Shunday fikrda yurganlarga nimalar degan bo‘lardingiz?

- Bu mutlaqo noto‘g‘ri fikr. To‘g‘ri, pul ketadi, lekin bu futbolchining harajatlari uchun kerak. Masalan Umarali akademiya yoshiga yetguniga qadar Toshkentda ijaraga kvartira olib dadam qaramog‘ida mashg‘ulotlarga qatnagan. Uning yo‘lkirasi,   kunlik ehtiyojlari, oziq-ovqati to‘liq bizning zimmamizda bo‘lgan. Akademiyaga qabul qilingach bepul yotoqxona va oziq-ovqat bilan ta’minlashgan. Ochig‘i,   iste’dodi bor bola hech qachon bee’tibor qolib ketmaydi. Uning kelgusi faoliyati uchun kimgadir qanchadir berish shart emas. Faqat akademiya yoshiga yetguniga qadar chiroyli parvarishlab, sportchining o‘zining harajatlariga pul ajratib turilsa kifoya.

Xurshid YUSUPOV suhbatlashdi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 16:10, 09.04.2023.
O'qildi: 2307 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.