Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/06 03:00 Shotlandiya 0-3 Braziliya
25/06 03:00 Marokash 4-2 Gaiti
25/06 06:00 Chexiya 0-3 Meksika
25/06 06:00 JAR 1-0 Janubiy Koreya
26/06 01:00 Kyurasao 0-2 Kot-d'Ivuar
26/06 01:00 Ekvador 2-1 Germaniya
26/06 04:00 Yaponiya 1-1 Shvesiya
26/06 04:00 Tunis 1-3 Niderlandiya
26/06 07:00 Turkiya 3-2 AQSh
26/06 07:00 Paragvay 0-0 Avstraliya
26/06 23:59 Norvegiya - Fransiya
26/06 23:59 Senegal - Iroq
27/06 05:00 Urugvay - Ispaniya
27/06 05:00 Kabo-Verde - Saudiya Arabistoni
27/06 08:00 Misr - Eron
27/06 08:00 Yangi Zelandiya - Belgiya

"Barselona" "Oltin to‘p" sohibasini rekord summaga sotib olishi mumkin

"Barselona" "Oltin to‘p" sohibasini rekord summaga sotib olishi mumkin

Baho:
+ | -

Ada Xegerberg yozda "Barselona" ayollar jamoasiga o‘tishi mumkin.

Marca nashri xabariga ko‘ra, "Oltin to‘p"ning birinchi ayol sovrindorini qo‘lga kiritish "Barselona"ning yozdagi asosiy maqsadlaridan biridir.

Xabar qilinishicha, “Barselona” ilk bor Xegerbergga Ayollar o‘rtasidagi Chempionlar Ligasi finalidan so‘ng qiziqish bildirgan, o‘shanda “Lion” “Barselona”ni 3:1 hisobida mag‘lub etgan, Xegerberg gol urgan va golli uzatma bergan.

Keyinroq “Barselona” prezidenti Joan Laporta o‘tgan yilning oktyabr oyida “Oltin to‘p”ni topshirish marosimida futbolchi bilan shaxsan uchrashgan edi. Qayd etilishicha, Xegerberg yozda "Lion"ni tark etishga tayyor, chunki u faoliyatining bu bosqichi yakuniga yetganiga ishonmoqda.

Ada Xegerbergning "Barselona"ga o‘tgan transfer summasi ayollar futboli tarixida rekord bo‘lishi mumkin - "Barselona" 420 000 yevro taklif qilishga tayyor. Ayni paytda eng qimmat transferni ham "Barselona" amalga oshirib, Kira Uolsh uchun 400 ming to‘lagan.

 

Kiritildi: 00:03, 13.04.2023.
O'qildi: 7122 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик