Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Xomyakov: "Muxlislarimizni xursand qilishni juda-juda xohlagandik"

Xomyakov: "Muxlislarimizni xursand qilishni juda-juda xohlagandik"

Baho:
+ | -

“Navbahor” – “Andijon” (1:0) uchrashuvidan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanining dastlabki qismida “Burgutlar” bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov qatnashdi.

- O‘yin haqida fikrlaringiz. Sizningcha, uchrashuv qanday o‘tdi?

- Avvalo, muxlislarimizga o‘zimning chuqur minnatdorchiligimni bildiraman. Ular butun o‘yin davomida bizni to‘xtatmasdan qo‘llab-quvvatlab turdilar. Afsuski, bizga muxlislarimizni xursand qilish nasib qilmadi. Holbuki, biz ularni xursand qilishni juda-juda xohlagandik. Mag‘lubiyatga uchradik. Ammo biz boshqacha xohlagandik, ko‘p narsalarni rejalashtirgandik. Ammo o‘ylagan rejalarimiz amalga oshmay qoldi. Tan olaman, uchrashuvning katta qismida biz himoyaga asosiy urg‘uni qaratdik. Qarshi hujumlardan foydalanishga harakat qildik. Biroq bunday vaziyatlar kamroq bo‘ldi. Qarshi hujumda bitta yaxshi imkoniyat bo‘lgandi, foydalana olmadik.

- “Andijon” safarda ikki marta g‘alaba qozondi va yaxshi taassurot qoldirdi. Mezbon sifatida Farg‘onada o‘ynayapti. Lekin “Istiqlol” stadionida bunday holatni ko‘rmayapmiz. Jamoangiz u yerga moslasha olmayaptimi?

- Biz raqibga qarab o‘yin taktikasini tanlaymiz. Farg‘onada mezbon sifatida o‘ynayotganimizda ochiqroq futbol ko‘rsatishga harakat qilyapmiz. Bu yerda jamoalarning kuchlarini ham to‘g‘ri qabul qilish kerak, deb o‘ylayman. Bungacha “Navbahor” o‘z uyidagi uchta uchrashuvda yirik hisoblarda g‘alabaga erishgandi. Bunday raqiblarga qarshi holatga qarab o‘yin taktikasini tuzamiz. Hujumkor futbolni tashkil qilish doim ham samara bermaydi. Raqibni kuchidan va yana boshqa jihatlaridan kelib chiqib, o‘yin tashkil qilamiz. O‘zimizni ham kuchli va kuchsiz jihatlarimiz mavjud. Bugun kuchli taraflarimizni hisobga olib o‘ynashga harakat qildik. Raqibni xato qilishga majburlashni ko‘zlagandik. Ammo bu ham unchalik o‘xshamadi. Bugun ham “Navbahor”ning o‘yinidan kelib chiqqan holda o‘yin tashkil qilgandik. Albatta, uyda devorlar ham yordam beradi, degan naql bor. Ba’zida omad ham yuz o‘girdi. Tezroq o‘z maydonimizga qaytib, ishqibozlarimiz ko‘z o‘ngida o‘ynashimizni istayapmiz." - dedi Xomyakov.

Kiritildi: 23:34, 14.04.2023.
O'qildi: 1123 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.