Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Nurillo To‘xtasinov: “Navbahor”dan ketish to‘g‘ri yo‘l deb o‘yladim..."

Nurillo To‘xtasinov: “Navbahor”dan ketish to‘g‘ri yo‘l deb o‘yladim..."

Baho:
+ | -

FIFA kunlari sabab Superligada yuzaga kelgan kichik tanaffus nixoyasiga yetib jamoalar 5-tur bahslarini davom ettirishdi.

Chempionatda mag‘lubiyatsiz odimlayotgan Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi “Vodiy derbisi” ma’qomida o‘tgan uchrashuvda “Andijon”ga qarshi maydonga tushib navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Uchrashuvdan so‘ng mehmonlarning ikkinchi goli muallifi Nurillo To‘xtasinovning o‘yin borasidagi fikrlariga quloq tutdik.

- “Neftchi” bu yilgi muvaffaqiyatli odimini davom ettirib navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. O‘yin borasida nimalarni ayta olasiz?

- Guvohi bo‘lganingizdek uchrashuvda har ikki jamoa ham derbiga hos tarzda to‘p surdi. Ko‘pchilik kutganidek o‘yin davomida keskin kurashlar uchrab turdi. Bu o‘yinda murabbiylarimiz ko‘rsatmasini to‘g‘ri bajarish orqali g‘alaba qozondik deb o‘ylayman. O‘z o‘rnida raqibimiz ham bizga munosib qarshilik ko‘rsatishga urindi. “Andijon”ga kelgusi o‘yinlarda omad tilayman.

- Jamoa ikkinchi golni urganidan so‘ng o‘z o‘yinini yo‘qotib qo‘ydi va tashabbus “Andijon” jamoasi tomonga o‘tib ketdi. Buning sabablari nimada deb o‘ylaysiz?

- Nazarimda ikkinchi goldan so‘ng o‘yinni tashlab yubordik va tashabbusni raqibga berib qo‘ydik. Bunga o‘zimiz aybdormiz.

- Extimol, ikkinchi bo‘limda sizga ko‘rsatilgan qizil kartochka ham o‘z tasirini o‘tkazgandir? 

- Extimol shundaydir, o‘sha vaziyatda biz “Andijon” jarima maydoni atrofida  hujum uyushtirayotgandik va ular to‘pni qaytarishayotgandi. To‘pni o‘zimizda saqlab qolish maqsadida jon xolatda to‘pga tashlandim va noqulay “podkat” sababli harakatlarim biroz qo‘polroq chiqdi. Raqibni o‘z vaqtida ko‘rishga ulgurmadim.

- Ko‘pchilik uchun kutilmaganda peshqadamlar safida borayotgan jamoangizning muvafaqqiyatlari siri nimada deb o‘ylaysiz?

Jamoa yaxshi shakllantirilganligi va mavsumga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida Turkiyadagi o‘quv-yig‘in davomida o‘yinimizni bir ma’romga keltirib olganimiz sabab deb o‘ylayman. Qolaversa, har qanday jamoa uchun dastlabki uchrashuvni g‘alaba bilan boshlab olish nixoyatda muhim sanaladi. Biz ham ilk uchrashuvni safarda o‘tkazib g‘alaba qozonganimiz sababli ikkinchi turda “Paxtakor”ga qarshi o‘z maydonimizda o‘tadigan uchrashuvga yaxshi kayfiyatda tayyorgarlik ko‘rdik. Natija esa o‘zingizga yaxshi ma’lum. Shundan so‘ng o‘zimizga bo‘lgan ishonch yanada ortdi va bu narsa muvafaqqiyatli yurishimizning bosh omili bo‘lib hizmat qilyapti nazarimda.

- O‘tgan mavsum katta maqsadlar bilan “Navbahor”da faoliyat boshlagandingiz. Ammo u ko‘ngildagidek davom etmadi...

- To‘g‘risini aytsam dastlabki turlarda maydonga tushib ko‘ngildagidek o‘yin amaliyotiga ega bo‘lib yurdim. Ammo keyinchalik nima sababdan zahira futbolchisiga aylanib qolganimni tushunmadim. Bu borada bosh murabbiy bilan gaplashganimda yana imkoniyat berishini ta’kidladi. Ammo amalda natija kutilganidek bo‘lmadi. Shu sababli kelgusi faoliyatimni o‘ylab “Navbahor”dan ketish to‘g‘ri yo‘l bo‘ladi deb o‘yladim.

- Joriy yilgi Superliga jamoalari orasida eng yaxshi yarim himoya vakillari “Navbahor”ga tegishli degan fikrlar uchrab turipti. Bu borada sizning fikringiz qanday?

- Bu fikrga qo‘shilaman. Albatta kuchli futbolchilar jamlangan.

- “Navbahor”ni tark etgan futbolchilar o‘rni ulardan kuchli ijrochilar evaziga to‘ldirildi degan fikrga qanday qaraysiz?

- Aslini olganda Namanganda o‘tgan yili ham yomon jamoa yig‘ilmagandi. Buni natijasida kubok finaligacha yetib bordik. Superligada ikkinchi o‘rinni egallab OCHL saralash bahslarida ishtirok etish imkonini qo‘lga kiritdik. Xa bu yil xam jamoa tarkibi sezilarli ravishda kuchaytirildi, ammo natija qanday bo‘lishini mavsum so‘nggida bilib olamiz.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 11:39, 15.04.2023.
O'qildi: 1894 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.