«Barselona» tarbiyalanuvchisi Xofre Torrents faoliyatini «Ayaks»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda De Telegraaf xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Niderlandiya klubi 19 yoshli futbolchini transfer to‘lovisiz o‘z safiga qo‘shib olish ustida ishlamoqda. Torrentsning o‘zi bilan 2030 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma borasida muzokaralar olib borilmoqda. Shu bilan birga, «Barselona»da yosh ispaniyalik futbolchini keyinchalik qayta sotib olish huquqi saqlanib qolishi qayd etilgan.
«Barselona» asosiy jamoasi tarkibida Torrents 4 ta uchrashuvda ishtirok etgan va samarali harakatlari bilan ajralib turmagan.













