Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/03 18:00 Real Sosyedad 2-1 Valyadolid
29/03 18:30 Nasaf 0-0 Neftchi
29/03 19:00 Venetsiya 0-1 Bolonya
29/03 19:00 Komo 1-1 Empoli
29/03 20:00 Mash’al 1-0 So‘g‘diyona
29/03 20:15 Espanyol 1-1 Atletiko
29/03 20:30 Paxtakor 0-1 Dinamo
29/03 22:00 Yuventus 1-0 Jenoa
29/03 22:30 Alaves 0-2 Rayo Valyekano
30/03 00:45 Lechche 0-1 Roma
30/03 01:00 Real Madrid 3-2 Leganes
30/03 15:30 Kalyari - Monsa
30/03 17:00 Xetafe - Vilyarreal
30/03 18:00 Fiorentina - Atalanta
30/03 19:15 Barselona - Jirona
30/03 21:00 Inter - Udineze
30/03 21:30 Valensiya - Malyorka
30/03 21:30 Atletik Bilbao - Osasuna
30/03 23:45 Napoli - Milan
31/03 00:00 Betis - Sevilya
31/03 21:30 Verona - Parma
31/03 23:45 Lasio - Torino
01/04 00:00 Selta - Las-Palmas

"Barselona" futbolchilari qancha maoshga ega? (to‘liq ro‘yxat)

"Barselona" futbolchilari qancha maoshga ega? (to‘liq ro‘yxat)

Baho:
+1 | -

"Barselona"da o‘ynash, futbolchilarni dunyodagi eng yaxshi maosh oluvchi sportchiga aylantiradi. Ammo qaysi futbolchi qancha ishlab topmoqda? Bu savolga quyida javob topasiz.
Ispaniya giganti yaqin yillar ichida chuqur moliyaviy muammolar iskanjasida qolgan edi. Klubning umumiy qarzlari 1 milliard funt atrofida ekani aytiladi. Bu muammoning eng katta aybdori sifatida "Barselona" prezidenti Joan Laporta avvalgi rahbariyatni, xususan, Josep Bartomeuni ayblab kelmoqda. U shunday deydi:

"Bizda futbolchilarning maoshi umumiy daromadlarning 103 foizini tashkil etadi. Bu esa boshqa klublarnikiga qaraganda 20-25 foizga ko‘proqdir. Shu sababdan bu yerga kelganimizda, birinchi qiladigan ishimiz 80 million yevro qarz olish bo‘ldi. Negaki, qarzsiz, futbolchilar moashini to‘lashga qurbimiz yetmas edi. Avvalgi rahbariyat bizga mana shunday katta muammolarni "meros" qoldirib ketdi. U rejim aldovlarga to‘la edi. Kelganimda maosh to‘lash tizimi moliyaviy piramidaga aylanib qolgan ekan. Bu yerda katta yoshli futbolchilar katta maoshga va uzoq vatli shartnomaga, yoshlar esa qisqa bitimlarga ega edi. Futbolchilar maoshi kamaytirilmagandi. Bu borada ham hamma aldangan".

"Barselona"ning moliyaviy muammolari, hattoki, Lionel Messini jamoadan ketishga majbur qilgandi. Klub afsonasi 2021 yilning yozida "PSJ"ga erkin agent sifatida borib qo‘shiladi. Shunday bir vaziyatda Laporta jamoadagi ko‘plab futbolchilarni maoshlarini qisqartirishga ko‘ndirdi. Ular ichida Jerar Pike ham bor edi. Ushbu masalada "Barsa"ning iqtisod bo‘limi boshlig‘i Eduard Romeu shunday deydi:
"Byudjet masalasi borasida vaziyat yaxshilanib bormoqda. Biz uni 150 million yevrogacha qisqartirishga muvaffaq bo‘ldik. Hozir yaxshi yo‘nalishdamiz. Ammo bu yetarli emas. Bizning gardanimizda yiliga 560 million yevro maosh to‘lovlari turibdi. Taqqoslash uchun, bu ko‘rsatkich "Bavariya"da 300 million, "Real"da esa 400 million yevroni tashkil etadi. Shu sababdan ham tizim inqirozga yuz tutdi".

Quyida bugungi kunda "Barselona" futbolchilari haftasiga qancha maosh olishini bilib olasiz.

1. Frenki De Yong – 721,154 yevro
2. Serxio Buskets – 711,538 yevro
3. Jordi Alba – 400,577 yevro
4. Robert Levandovski – 400,577 yevro
5. Ansu Fati – 268,269 yevro
6. Jyul Kunde – 260,577 yevro
7. Rafinya – 240,385 yevro
8. Usmon Dembele – 230,769 yevro
9. Ferran Torres – 192,308 yevro
10. Pedri – 180,385 yevro
11. Ter Shtegen – 173,077 yevro
12. Frank Kessi – 173,077 yevro
13. Adreas Kristensen – 173,077 yevro
14. Ronald Arauxo – 134,615 yevro
15. Gavi – 130,769 yevro
16. Markos Alonso – 120,192 yevro
17. Erik Garsiya – 115,385 yevro
18. Serxio Roberto – 96,154 yevro
19. Ignasio Penya – 38,462 yevro
20. Aleks Balde – 3,077 yevro.

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 15:09, 20.04.2023.
O'qildi: 7091 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz