“Bavariya” himoyachisi Alfonso Devis Germaniya chempionatining 29-turi doirasida “Mayns”ga qarshi o‘yinda (1:3) jarohat oldi, deb xabar beradi Bild.
Manbaga ko‘ra, 22 yoshli kanadalikda sonning orqa mushaklarida cho‘zilgan. U 6 haftani o‘tkazib yuboradi va bu mavsum boshqa o‘ynamaydi.
Joriy mavsumda Devis 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.