Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

"Arsenal" sobiq futbolchisining boyligi 11 milliard yevro!

"Arsenal" sobiq futbolchisining boyligi 11 milliard yevro!

Baho:
+ | -

"Arsenal", "Milan" va "Marsel" klublaridagi o‘yinlari bilan tanilgan yarim himoyachi Matyo Flamini 2019 yilda professional futboldagi faoliyatini yakunladi. Fransiyalik futbolchining so‘nggi klubi “Xetafe” bo‘lgan. Fransuzning bugungi kundagi boyligi 11 milliard yevrodan oshadi! Buncha pul u qanday ishlab topdi?

2008 yilda Flamini “Arsenal”ni klubni tark etib, erkin agent sifatida "Milan"ga o‘tdi. Shu paytda u o‘zining bo‘lajak biznes sherigi Paskal Grenade bilan tanishdi. U Flaminiga millionlab daromad keltirishi kerak bo‘lgan g‘oya haqida gapirib berdi. Grenada neft yoqilg‘ilariga arzon va takomillashtirilgan muqobil bo‘lishi kerak bo‘lgan levulin kislotasini ishlab chiqishni taklif qildi.

Levulin kislotasi va uning tuzlari farmasevtikada va organik sintezda qo‘llaniladi, hosilalari ekologik toza o‘g‘itlar sifatida ham qo‘llaniladi. Levulin kislotasining asosiy afzalligi undan suyuq uglevodorod yoqilg‘isini ishlab chiqarishdir. Levulin kislotasining o‘zi antiseptik xususiyatlarga ega bo‘lgan konservantdir.

Flamini levulin kislotasini ishlab chiqarish texnologiyasi bo‘yicha tadqiqotlarga sarmoya kiritdi va keyin birinchi zavodni ochdi. Matyo GF Biochemicals kompaniyasini yaratishdagi ishtirokini sir tutdi va ko‘p million dollarlik sarmoya o‘zini oqlamasligidan xavotirda edi. U kompaniya taniqli korxonaga aylangandagina loyihada ishtirok etgani haqida gapirdi. 2016 yilga kelib, GF Biochemicals uchta ofisini ochgan edi(bosh ofis Italiyada, shuningdek, Niderlandiya va AQSHda).

Hozirda Flamini asos solgan GF Biochemicals kompaniyasi 30 milliard yevroga baholanmoqda. Sobiq futbolchining boyligi esa Angliyaning Daily Star nashriga ko‘ra, 11 milliard yevrodan oshadi. Ammo Flamini bu haqdagi ma’lumotni rad etdi: “O‘qiganlarimdan farqli o‘laroq, mening bank hisobimda 30 milliard yevro yo‘q. Va bu miqdor mening kompaniyamning bahosiga to‘g‘ri kelmaydi. Bu so‘nggi yillarda ishlab chiqilgan bozorning umumiy qiymati”.

Levulin kislotasi ishlab chiqarish ustida ishlash Flaminiga futbolchi sifatidagi martabadan ko‘ra ko‘proq shuhrat va pul olib keldi. 2015 yilda NME jurnali sobiq yarim himoyachini yilning eng yaxshi odami deb topdi. Flamini 2024 yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada tashkilotchilari maslahat beradigan ekologiya bo‘yicha ekspertlar ro‘yxatiga kiritilgan. Va uning kompaniyasi GF Biochemicals. ham bioiqtisodiyot bo‘yicha jurnal nashr etadi va Italiyaning bir nechta universitetlari bilan ushbu sohada magistrlik kurslarini moliyalashtirishga kelishib oldi. Fransuz hali ham kompaniyaning 60 foiziga egalik qiladi va hozirda uning bosh direktori hisoblanadi. Bir necha yil oldin undan "Arsenal" kabi futbol klubini sotib olishga qiziqasizmi, deb so‘rashgan edi.

“Ochig‘i, bu klublar “Arsenal” va “Marsel” mening qalbimda alohida o‘rin tutadi. Qayerdan kelganimni hech qachon unutmayman. Hayotda siz hech qachon bilmaysiz, lekin barchasi to‘g‘ri imkoniyatga bog‘liq. Men haqiqatan ham to‘g‘ri vaqt, to‘g‘ri joy, to‘g‘ri odamlarga ishonaman. Keling, kelajakda nima bo‘lishini ko‘rib chiqaylik", deya javob bergan edi.

Biroq, Flamini dunyoning eng boy futbolchisi emasligi aniq. Bruney sultoni Hassanal Bolkiahning jiyani Faik Bolkiah eng boy futbolchidir. Futbolchining otasi Jefri esa Bruney qiroli. Futbolchining boyligi 22 milliard yevrodan oshadi! Faik professional darajada futbol o‘ynaydi.

Ayni damda 24 yoshli vinger "Chonburi" klubi safida Tailand chempionatida to‘p tepmoqda. O‘smirlik chog‘ida u "Arsenal", "Chelsi" va "Sautgempton" akademiyalarida o‘ynagan va 2016 yilda "Lester" bilan shartnoma imzolagan. Ammo Bolkiah APLda o‘z o‘rnini topa olmadi va osonroq chempionatlarga ketishga qaror qildi. Yaxshiyamki, moliyaviy ahvol shartnomalar haqida o‘ylamaslikka imkon beradi.

Kiritildi: 17:32, 01.05.2023.
O'qildi: 7823 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик