Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Egasi bitta bo‘lgan ikki yoki undan ortiq jamoa yevrokuboklarda ishtirok eta oladimi? – UYEFA nizomidan javob

Egasi bitta bo‘lgan ikki yoki undan ortiq jamoa yevrokuboklarda ishtirok eta oladimi? – UYEFA nizomidan javob

Baho:
+ | -

Yaqinda bir mavzu ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Ya’ni egasi bitta bo‘lgan ikki yoki undan ortiq jamoa yevrokuboklarda ishtirok eta olmaydi. Xususan, «Tuluza» va «Milan» klublari huquqiy jihatdan "Red Bird Capital" investisiya kompaniyasiga tegishli. Shu sababdan ushbu ikki jamoadan biri ayrim istisno hollarni hisobga olmaganda kelasi mavsum yevrokuboklarda ishtirok eta olmaydi. Ularning ikkisining ham yevro turnirlarda qatnashish imkoniyatlari kichik bo‘lsada nazariy jihatdan mumkin. Lekin hozir gap bu haqda emas. Savol – bir kompaniyaga qarashli ikki klub xalqaro maydonda o‘ynashiga ruxsat bormi? Buni barchaga mashhur bo‘lgan «Leypsig» hamda «Zalsburg» klublari misolida ko‘rib chiqsak, ayni muddao bo‘ladi.  

Sportdagi bosh vazifa undagi adolat prinsiplariga amal qilishdan iborat. Shu sababli bir kompaniyaga qarashli ikki klubning bir musobaqada qatnashishi musobaqa shaffofligiga ta’sir qilishi mumkin. Biroq «Leypsig» hamda «Zalsburg» bir necha bor bir xil turnirda ishtirok etdi, u ham bo‘lsa UYEFAning maxsus tekshiruvidan so‘ng. 2017 yili UYEFAning klublar bo‘yicha moliyaviy kuzatuvchilari bu ikkala jamoa o‘rtasida noodatiy ko‘p miqdorda transfer hamda ijaralar amalga oshganini aniqladi. Ularning ichida Benjamin Sheshko, Nabi Keyta, Marsel Zabitser, Dayot Upamekano hamda Dominik Saboslai nomlari bor. Bu kabi transferlar jami 16 tani tashkil etadi. Bu tizimning o‘zaro mustahkamligi va brendning vizual yaqinligini bildiradi hamda ichki sog‘lom raqobat tufayli tashkilot qoidalariga u qadar zid kelmaydi. «Milan» hamda «Tuluza»da bu kabi bog‘liqlik yo‘q. Shu sababli ularga bir ega tomonidan boshqariladigan ikki alohida katta klub deya qaraladi. 

Ikkinchidan, «Zalsburg» UYEFA tekshiruvidan so‘ng «Red Bull» homiyligi ostidagi ayrim hujjatlarga o‘zgartirish kiritishga majbur bo‘ldi. Ya’ni, ular kompaniyaga aloqador xodimlarni rahbariyatdagi lavozimlaridan chetlatdi. Qo‘shimchasiga, «Leypsig» bilan ushbu homiylik borasidagi asosiy hamkorliklar bekor qilindi. «Red Bull»ning o‘zi bilan esa shartnomaga ancha moliyaviy cheklovlar qo‘yildi. Bu nimani anglatadiki, bir klub egasi ikkinchi jamoasining siyosatiga to‘liq hamda bevosita aralasha olmaydi, garchi brend ko‘pchilik nazdida bitta bo‘lsa ham. 

Ushbu qoidalar faqat UYEFAda mavjud emas. Uni ko‘pchilik milliy ligalarda ham uchratish mumkin, faqat vaziyatdan kelib chiqib, qoidalarga biroz o‘zgartirishlar kiritiladi. Masalan, Angliya futbol ligasida bir klub egasi ikkinchi klubga egalik qilish uchun uning 30% aksiyalariga mas’ul bo‘la oladi xolos, bundan ko‘piga ruxsat yo‘q. Bu ichki ligalar uchun amal qiladi. UYEFA tasnifidagi musobaqalarda esa 49%dan ko‘p ulushni olish mumkin emas. Agar siz boshqa jamoaning ulushiga ikkinchi homiy bo‘lib safga kirsangiz, bu 50.1%dan oshmasligi zarur. Biroq shunday holatlar ham bo‘ladiki, umuman bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan ikki klub egaligiga cheklov yo‘q, bunda manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga chiqmasa bo‘lgani. Masalan, «MYU»ga egalik qiluvchi Gleyzerlar Amerikadagi NFLning bir jamoasiga ham aksiyadorlik qiladi va bunga hech qanday ortiqcha bosim va cheklov yo‘q. Albatta, bularning barchasi sog‘lom raqobatni ta’minlashga qaratilgan.

Yusufbek Saydaliyev tayyorladi 

Kiritildi: 06:01, 04.05.2023.
O'qildi: 2565 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик