Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/01 19:00 Piza 0-3 Komo
06/01 22:00 Lechche 0-2 Roma
07/01 00:45 Sassuolo - Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem - Nottingem Forest
07/01 22:30 Bolonya - Atalanta
07/01 22:30 Napoli - Verona
08/01 00:30 Bornmut - Tottenhem
08/01 00:30 Brentford - Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas - Aston Villa
08/01 00:30 Everton - Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem - Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti - Brayton
08/01 00:45 Parma - Inter
08/01 00:45 Torino - Udineze
08/01 00:45 Lasio - Fiorentina
08/01 01:15 Byornli - Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl - Lids
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari

APL. «MYU» 99-daqiqadan penaltidan gol o‘tkazib, «Brayton»ga yutqazdi (videosharh)

APL. «MYU» 99-daqiqadan penaltidan gol o‘tkazib, «Brayton»ga yutqazdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Angliya chempionatining 28-turi doirasida qoldirilgan so‘nggi o‘yin bo‘lib o‘tdi. Yevropa ligasi yo‘llanmasi uchun kurash olib borayotgan «Brayton» o‘z maydonida kuchli uchlikka harakat qilayotgan «Manchester Yunayted»ni qabul qildi.

O‘yin boshida Antoni qulay vaziyatda aniq zarba yo‘llay olmagan bo‘lsa, keyinchalik mezbonlar futbolchisi Mitoma ikkita imkoniyatni qo‘ldan chiqardi. Tanaffusga qadar jamolarda yana 1-2 tadan qulay vaziyatlar bo‘ldi, ammo darvozabonlar yaxshi harakat qilishdi.

Ikkinchi bo‘limda esa o‘yin so‘nggiga qadar deyarli xavfli vaziyat bo‘lmadi. O‘yinga qo‘shib berilgan 7-daqiqada esa hakam VAR yordamida "MYU" darvozasiga penalti belgiladi: to‘p Lyuk Shouning qo‘liga tegdi. 90+9-daqiqada esa Makkalister penaltidan unumli foydalanib, "Brayton"ga g‘alabani taqdim etdi.

"Yunayted" ushbu mag‘lubiyat tufayli 4-pog‘onada qoldi. "Brayton" esa o‘z ochkolarini 55 taga yetkazib, jadvalda 6-pog‘onaga ko‘tarilib oldi.

Angliya chempionati, 28-turning qoldirilgan o‘yini
Brayton – Manchester Yunayted 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 90+9, penalti Mak Allister.
Brayton – Stil, Dank, Uebster, Estupinyan, Mak Allister, Gilmor (Koluill, 75), Ensiso, Mitoma, Buonanotte (March, 63), Kaysedo, Uelbek (Undav, 75).
Manchester Yunayted – De Xea, Uan-Bissaka, Shou, Lindelef, Diogu Dalot, Kazemiro, Fred (Zabitser, 76), Brunu Fernandesh, Antoni (Sancho, 76), Marsyal (Vegorst, 84), Reshford.
Ogohlantirishlar: Kazemiro (44), Uebster (52), Diogu Dalot (59), Dank (70), Antoni (70), Koluill (77), Kaysedo (86), Shou (90).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 05:56, 05.05.2023.
O'qildi: 11870 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.