2022/2023-yilgi mavsum Chempionlar ligasi yarim finali doirasidagi “Real” – “Manchester Siti” o‘rtasidagi ilk uchrashuvni boshqaradigan hakamlar brigadasi ma’lum bo‘ldi.
Uchrashuvning bosh hakami portugaliyalik Artur Diash. Yordamchilar - Paulo Soares va Pedro Riberira. Zaxira hakami - Daniele Orsato. Massimiliano Irrati va Tiago Martins VAR tizimi uchun mas’ul.
E’tiborlisi, Dias Chempionlar ligasidagi “Real” va “Manchester Siti” o‘yinlarida uch marta ishlagan.
"Qaymoqranglilar" va "shaharliklar" o‘rtasidagi ilk o‘yin 9 may, seshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:59 da boshlanadi.