«Manchester Siti»ning sobiq himoyachisi Joleon Leskott UYEFA Chempionlar ligasi yarim finalidagi «Real»ga qarshi o‘yin natijasi haqida fikr bildirdi.
«Santyago Bernabeu»da kechgan uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
«Man Siti» Madridga optimistik va g‘alaba qozonish niyatida kelgandi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi, ammo o‘yin davom etar ekan, Gvardiola jamoasi yana bir nechta gol urishi mumkin edi», – dedi Leskott.