Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Busketsning futbolga kirib kelishidan ko‘ra ketishi kattaroq voqea

Busketsning futbolga kirib kelishidan ko‘ra ketishi kattaroq voqea

Baho:
+ | -

Buskets haqida ko‘p yozildi. Ko‘p yozilmoqda. Bu tabiiy. Uning futbolga kirib kelishidan ko‘ra, ketishi kattaroq voqea. Tushuntiraman.

Ko‘pchilik uning o‘z darajasida baholanmaganini yozishmoqda. O‘sha buyuk «Barselona»ga Busketsning ta’siri Xavi yoki Inyestadan kam emas to‘g‘ri, ammo tan olish kerakki, siz baribir o‘zingiz muxlislik qiladigan jamoaga Xavi yoki Inyesta transfer orqali kelishini xohlagan bo‘lardingiz, to‘g‘rimi? To‘g‘ri.

Buskets — top-futbolchi, ammo ma’lum shartlarda, ma’lum uslub doirasida. Ha, hech kim o‘sha sharoit va shartlarda Busketsdan yaxshiroq bo‘la olmasdi, qo‘shilaman, uning tengsizligi ham shunda, ammo tarix nuqtai nazaridan baholaganda baribir Xavi yoki Inyesta to‘laqonli yulduz sifatida e’tirof etilaveradi. Chunki ularni har qanday jamoada tasavvur qilish, o‘sha darajani kutish osonroq. Bu normal.

Bir jamoada uzoq o‘ynagan futbolchilar ko‘p - Totti, Giggz, Maldini... Bu futbolchilar Busketsdan farqli ravishda turli «Roma», «MYU», «Milan»larda to‘p surishgan. Har xil uslubda, har xil shartlarda. Busketsning aynan «Barselona» bilan bog‘langani ham uning baxti, axir ma’lum bir uslubga «barsachalik» qattiq amal qilmaydigan boshqa jamoa yo‘q, aks holda, Busketsning yuqori saviyadagi «umri» bunchalik uzoq bo‘lmasmidi deyman, yana kim biladi.

Xavi ketdi, Inyesta, Pike, hatto Messi ham ketdi. Endi Buskets.

Serxio Busketsga bir ta’rif o‘rinli, menimcha - «borligi bilinmaydigan, ammo yo‘qligi darrov bilinadigan yulduz».

Shuning uchun ham, siz Xavi yoki Inyestani o‘z jamoangiz tarkibida ko‘proq xohlashingiz mumkin, ha, ammo «Barselona»da Busketsning ketishi ko‘proq bilinadi. Ko‘rasiz.

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/aslanov_futbol
Kiritildi: 23:33, 10.05.2023.
O'qildi: 2139 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.