Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/10 00:00 Xetafe 1-1 Rayo Valyekano
20/10 00:00 Tottenhem 3-1 Koventri Siti
20/10 18:30 OKMK 2-0 Guliston
20/10 19:00 So‘g‘diyona 1-2 Andijon
20/10 19:00 Neftchi 2-4 Lokomotiv
20/10 21:45 Sabah 1-2 Borussiya D
20/10 21:45 Fenerbaxche 2-2 Slaviya
20/10 23:59 PSJ 4-2 Barselona
20/10 23:59 Liverpul 4-3 Vilyarreal
20/10 23:59 Shtutgart 1-1 Atletiko
20/10 23:59 Manchester Siti 5-1 AEK
20/10 23:59 Napoli 4-3 Bude-Glimt
20/10 23:59 Portu 0-1 PSV
20/10 23:59 Roma 4-0 Slovan
21/10 19:00 Navbahor - G'azalkent
21/10 23:00 Levante - Atletik Bilbao

OFK mavsum-2024/25 uchun OCHL kvotalar taqsimotini e’lon qildi

OFK mavsum-2024/25 uchun OCHL kvotalar taqsimotini e’lon qildi

Baho:
+ | -

Osiyo futbol konfederasiyasi Ijroqo‘mi yaqindagina klublar musobaqalari isloh qilinishini ma’qullab, endilikda OFK klublar musobaqalari reytingini hisoblashda ham yangicha yondashuvga o‘tishini ma’lum qilgan edi. Unga ko‘ra, endi reytingni hisoblashda oxirgi 4 yillik emas, balki 8 yillik natijalar inobatga olinadi.



Yangilangan reytingga ko‘ra, O‘zbekiston qit’ada 9-pog‘onaga joylashdi. G‘arb mintaqasida esa Saudiya Arabistoni, Qatar, Eron va BAAdan so‘ng 5-o‘rindan joy oldik.  Bu esa 2024 yildan e’tiboran yangicha formatda o‘tadigan klublar musobaqalari uchun O‘zbekistonga faqatgina 2 ta kvota ajratilishini bildiradi. Ya’ni, 2024/25-mavsumda O‘zbekistondan bitta jamoa qit’aning elit klublar musobaqasida (hozirgi OCHL) va yana bir jamoa ikkinchi darajali klublar musobaqasida (hozirgi OFK kubogi)da ishtirok etadi.



Yaqindagina O‘zPFL bu borada OFKga o‘z munosabatini bildirib, reytingni hisoblashda oxirgi 4 yillik emas, 8 yillik natijalarni inobatga olish bizning oxirgi yillardagi ko‘rsatkichlarimizning salmog‘ini tushirishini ma’lum qilgan edi. OFK esa tashkilot Ijroqo‘mi butun qit’a mamlakatlari manfaatlaridan kelib chiqib, shunday qarorga kelinganini bildirdi.

Ma’lumot uchun, yangicha formatga ko‘ra, a’zo mamlakatlar elit musobaqa uchun endilikda maksimum 3 tagacha yo‘llanmaga olishi mumkin.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 20:44, 15.05.2023.
O'qildi: 8170 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик