Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Sheringem Ronaldu murabbiylik qilishi mumkin bo‘lgan yagona jamoani aytdi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted"ning sobiq hujumchisi Teddi Sheringem Krishtianu Ronaldu professional futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan keyin murabbiylik sohasiga o‘tish ehtimoli haqida fikr bildirdi.

Angliyalik sobiq futbolchining hisoblashicha, Ronalduning kelajakda murabbiy sifatida ish boshlashi ehtimoli yuqori emas. Biroq uni qiziqtirishi mumkin bo‘lgan bitta variant mavjud.

"Men Ronalduni haftasiga yetti kun, kuniga 24 soat ishlaydigan murabbiy sifatida tasavvur qila olmayman.

Nazarimda, uni murabbiylikka qiziqtirishi mumkin bo‘lgan yagona variant — Portugaliya milliy terma jamoasini boshqarish", — deya Sheringemning so‘zlarini keltiradi The Touchline nashri.

Ayni paytda 41 yoshli Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubida to‘p surmoqda. Portugaliyalik yulduz 2023 yildan buyon mazkur jamoa sharafini himoya qilib kelmoqda.

Tajribali hujumchi joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 9 ta uchrashuvda ishtirok etib, 5 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Ronalduning "An-Nasr" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Hozircha portugaliyalik futbolchi faoliyatini yakunlagach, murabbiylik bilan shug‘ullanish niyati borligi haqida rasmiy bayonot bermagan.

Kiritildi: 10:10, 20.10.2026.
O'qildi: 2817 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик