Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Nigohlarni Argentinaga buramiz!

Nigohlarni Argentinaga buramiz!

Baho:
+ | -

Bugun — 20 may kuni uzoq Argentiinada U-20 toifasidagi jahon chempionati-2023 karvoni yo‘lga tushadi.

20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi FIFA jahon kubogi (FIFA U-20 World Cup) - xal­qaro futbol turniri. O‘z nomidan tushunarliki, chempionat jahon futboli boshqaruv organi FIFA tomonidan o‘tkaziladi va unda U-20 toifasidagi terma jamoalar ishtirok etadi. Musobaqaning final bosqichi har 2 yilda o‘tkaziladi.

Futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionat — FIFA U-20 World Cup
Tashkil etilgan yil — 1977
Ishtirokchilar soni — 24
Amaldagi chempion — Ukraina (1-sovrin)
Eng ko‘p chempion bo‘lgan jamoa — Argentina (6 marta)

TARIX
Ushbu yosh guruhida JCH tashkil etish g‘oyasi FIFAning sobiq prezidenti Joau Avelanjdan chiqqan. U xalqaro futbol tashkiloti boshqaruvini qo‘lga olganidan so‘ng shunday taklifni o‘rtaga tashlagach, ko‘pchilik g‘oyani qo‘llab-quvvatlaydi. Aniqrog‘i, FIFAga a’zo 140ta milliy federasiyadan 87tasi yoshlar o‘rtasida alohida JCH yo‘lga qo‘yilishiga ovoz beradi. Biroq yangi turnirni tashkil etishda moliyaviy muammolar yuzaga keladi, asosiysi, FIFA Coca-Cola kompaniyasi yordami bilan g‘oyani amalga tatbiq etadi. Shu tariqa AQSH kompaniyasi yangi JCHning bosh homiysiga aylanadi va 1997 yilgacha shunday bo‘lib qoladi.

Kichik mundial 1977 yildan e’tiboran 2 yillik farq bilan o‘tkazib kelinmoqda (faqat 2019 yili koronavirus pandemiyasi xalaqit berdi). To‘g‘ri, FIFA dastlabki 2ta turnirni tajriba o‘rnida ko‘radi. 1981 yildan esa turnir rasmiy maqomga ega. Shunga qaramay, umumiy statistikada avvalgi 2ta chempionat natijalari ham inobatga olinadi. Darvoqe, 1977 yilgi ilk JCH finalida sobiq ittifoq termasi dramatik tus olgan penaltilar seriyasi natijasiga ko‘ra, meksikalik yoshlardan ustun kelgandi. Yoshlar chempionatida ham Yevropa va Janubiy Amerika vakillari o‘rtasida katta raqobat mavjud. Ayni payt KONMEBOL va UYEFA o‘rtasidagi hisob 11:10 - Janubiy Amerika foydasiga. Turnir tarixida 12ta jamoa chempionlikka erishgan. Rekord bo‘lajak musobaqa mezboni Argentina termaga tegishli - 6 karra chempion. Braziliyalik yoshlar esa 5 marta kubok sohibiga aylanishgan, shuningdek, Portugaliya termasi hisobida 2ta oltin medal bor. Qolgan chempion jamoalar - sobiq ittifoq, sobiq Yugoslaviya, Serbiya, Germaniya, Ispaniya, Fransiya, Angliya, Gana va Ukraina. Aytish joiz, yoshlar mundialida qatnashgan ko‘plab futbolchilar keyinchalik kattalar miqyosida ham yetuklik darajasiga ko‘tarilishgan. Eng mashhurlari: Burruchaga, Maradona, Aymar, Saviola, Messi, Rikelme (Argentina), Taffarel, Jorjinyo, Dunga, Bebeto, Romario, Ronaldinyo (Braziliya), Juan Pintu, Figu, Rui Koshta (Portugaliya), Andoni Goykoechea, Iker Kasilyas (Ispaniya), van Basten, Robben (Niderlandiya), Samuel Kufur, Maykl Esyen (Gana), Tyerri Anri, David Trezege, Pol Pogba (Fransiya), Xose Luis Chilavert (Paragvay), Davor Shuker (Xorvatiya), Francheskoli (Urugvay), Zavarov, Protasov, Salenko (sobiq ittifoq).

TURNIR REGLAMENTI
Guruh bosqichidan so‘ng 24ta ishtirokchidan 16tasi «pley-off»ga chiqadi. Ya’ni 6ta guruhda dastlabki 2tadan o‘rinni egallagan jamoa­lardan tashqari, 3-pog‘ona sohiblari orasida yaxshiroq natijaga ega 4ta ishtirokchi ham kurashni davom ettiradi. Guruh raundida jamoalar o‘rni tartib bo‘yicha qu­yidagi kriteriyalar bo‘yicha aniqlanadi:

1. Barcha o‘yinlardagi ochkolar miqdori.
2. Barcha o‘yinlardagi gollar nisbati.
3. Barcha o‘yinlardagi gollar miqdori.
4. Ochkosi teng kelgan jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi ochkolari miqdori.
5. Ochkosi teng kelgan jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi gollari nisbati.
6. Ochkosi teng kelgan jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi gollari miqdori.
7. Tartib-intizom ko‘rsatkichlari (sariq kartochka: -1 ochko; ikkinchi sariq kartochka ortidan qizil kartochka: -3 ochko; to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka: -4 ochko; sariq kartochka + to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka: -5 ochko).
8. Saralash bosqichi jarayo­nida foydalanilgan FIFA koeffisiyenti.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 11:00, 20.05.2023.
O'qildi: 2122 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.