Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/10 00:00 Valensiya 0-0 Atletik Bilbao
18/10 15:30 Udineze 0-3 Lechche
18/10 17:00 Osasuna 2-0 Rasing
18/10 18:00 Bornmut 2-0 Sanderlend
18/10 18:00 Brayton 5-0 Kristal Pelas
18/10 18:00 Lids 1-1 Man. Yunayted
18/10 18:00 Fiorentina 1-3 Komo
18/10 19:15 Selta 2-1 Alaves
18/10 20:30 Nottingem Forest 0-1 Arsenal
18/10 21:00 Milan 3-2 Atalanta
18/10 21:30 Malaga 2-5 Real Sosyedad
18/10 23:45 Yuventus 0-3 Lasio
19/10 00:00 Real Madrid 4-1 Sevilya
19/10 21:30 Monsa - Kalyari
19/10 23:45 Parma - Torino
20/10 00:00 Xetafe - Rayo Valyekano
20/10 00:00 Tottenhem - Koventri Siti

FIFA U20. Argentina-O‘zbekiston o‘yinida yaxshi natija qayd etganlar: Rahmonaliyev, Mahamadjonov, Xoldorxonov...

FIFA U20. Argentina-O‘zbekiston o‘yinida yaxshi natija qayd etganlar: Rahmonaliyev, Mahamadjonov, Xoldorxonov...

Baho:
+ | -

O‘zbekiston U20 terma jamoasi kecha yoshlar o‘rtaisdagi jahon chempionatining ilk turida Argentinaga qarshi maydonga tushib, 1:2 hisobida yutqazdi. FIFA rasmiy sayti mazkur o‘yinda turli ko‘rsatkichlar bo‘yicha eng yaxshi natija qayd etgan futbolchilar statistikasini ma’lum qildi.

O‘zbekiston terma jamoasi sardori Umarali Rahmonaliyev ikkita ko‘rsatkich bo‘yicha eng yaxshi natija qayd etdi. "Rubin" futbolchisi uchrashuv davomida 12,59 km masofani bosib, eng ko‘p yugurgan o‘yinchi bo‘ldi.

Shuningdek, Rahmonaliyev o‘yin davomida 80 marta tezlik olgan futbolchi bo‘ldi. Bu ham maydonda harakat qilganlar orasida eng yaxshisi bo‘ldi.

Terma jamoamiz safida gol muallifiga aylangan Mahmudjon Mahamadjonov esa qanot bo‘ylab eng ko‘p oldinga o‘tishga uringan o‘yinchi bo‘ldi — 33 marta. Ulardan 21 tasi muvaffaqiyatli chiqdi.

Po‘latxo‘ja Xoldorxonov esa himoya va yarim himoya orasida to‘pni eng ko‘p qabul qilgan o‘yinchi bo‘ldi — 20 marta.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:39, 21.05.2023.
O'qildi: 6481 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик