Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 14:56 Al-Vasl - Al-Quva al-Javiya
02/11 18:45 Paxtakor - An-Nasr (SA)
02/11 21:00 Traktor - Neftchi
02/11 21:00 As-Sadd - Al-Ahli (SA)
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
02/11 23:15 Al-G‘arafa - Al-Qodisiya
02/11 23:15 Al-Ittihod - Al-Ayn
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Gol urgan Shomurodovning “Gaziantep”ga qarshi o‘yini qanday baholandi?

Baho:
+ | -

“Bashakshehir” hujumchisi Eldor Shomurodov Turkiya Superligasining 8-turidan o‘rin olgan “Gaziantep”ga qarshi kechgan uchrashuvda (2:1) asosiy tarkibda maydonga tushdi. Futbolchining o‘yini Sofascore portali tomonidan 7,4 ballga baholandi.

Shomurodov o‘yin davomida 41 marta to‘pga tegindi. U amalga oshirgan 27 ta uzatmaning 21 tasi aniq bo‘ldi (78 foiz aniqlik). Hujumchi darvoza tomon umumiy 1 marta zarba yo‘lladi va bu zarba gol bilan yakunlandi. Shuningdek, u 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Shomurodovning kutilgan gollar ko‘rsatkichi (xG) 0,71, kutilgan assistlari (xA) esa 0,15 ga teng bo‘ldi. Yakkakurashlarda esa hujumchi unchalik muvaffaqiyatli harakat qilmadi: yerdagi sakkizta kurashning faqat bittasida g‘alaba qozondi. Havodagi ikki kurashda esa raqiblaridan ustun kela olmadi. Eldor uch marta dribling orqali raqibidan o‘tishga urindi va bu harakatlarning faqat bittasi muvaffaqiyatli chiqdi.



“Bashakshehir” safida to‘p tepadigan ikkinchi o‘zbekistonlik futbolchi — Abbosbek Fayzullayev esa uchrashuv davomida maydonga tushirilmadi.

Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb mezbonlar a’zosi Andreas Skov Olsen (7,9 ball) hamda “Gaziantep” yarimhimoyachisi Kshishtof Kozlovski (7,9 ball) topildi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 06:09, 19.10.2026.
O'qildi: 2421 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик