Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Og‘ir atletikachilarimizning Parij-2024 reytingidagi o‘rni qanday?

Og‘ir atletikachilarimizning Parij-2024 reytingidagi o‘rni qanday?

Baho:
+ | -

Xalqaro og‘ir atletika federasiyasi (IWF) tomonidan e’lon qilingan Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari yangilangan reytingiga ko‘ra, mamlakatimizning 16 nafar sportchisi to‘rt yillik o‘yinlar tizimidan joy oldi.

Bu e’tiborga molik hodisa bo‘lganligini bildirgan holda o‘tgan Tokio Olimpiadasida qatnashish uchun joriy etilgan reyting ko‘rsatkichida yurtimizning 8 nafar og‘ir atletikachisi dastlabki Olimpiya kurashida qatnashgandi. Yakunda ularning 4 nafari Tokio-2020 o‘yinlarida qatnashish baxtiga erishgandi o‘shanda.

Bu gal Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishga nomzod sportchilar ro‘yxatida 16 nafar og‘ir atletikachilarimiz borligi O‘zbekiston sportida, xususan og‘ir atletika yo‘nalishida yangi sahifa ochilganligininng yorqin ifodasi hisoblanadi.

Og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati yakunlangandan keyin e’lon qilingan reytingga binoan aksariyat vaznlardagi yetakchilik xitoylik sportchilarga tegishli bo‘ldi.

O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan Akbar Jo‘rayev va Rustam Jangabayev kuchli o‘nlikda qayd etilgan bo‘lsa, Ruslan Nuruddinov va Tursunoy Jabborova yigirmatalik qatordan joy olishdi.

Olimpiya reytingiga kiritilgan Doston Yoqubov 24-o‘rinda, Nigina Adashboyeva 26-o‘rinda, Sharofiddin Amriddinov 27-o‘rinda, Muhammadqodir Toshtemirov 32-o‘rinda, Adhamjon Ergashev 35-o‘rinda, Nigora Abdullayeva 32-o‘rinda ko‘rinish berishgan.

Shuningdek, Og‘abek Nafasov, Diyorbek Ro‘zmetov, Og‘abek To‘xtayev, Sunnatilla O‘sarov, Xojiakbar Olimov, Qurbonmurod Nomozov o‘z vaznlarida Parij-2024 pog‘onasidan o‘rin olganligi e’tiborli holat ekanligini qayd etmoq joiz.

Shu o‘rinda aytish lozim, Xalqaro og‘ir atletika federasiyasi Olimpiya saralash tizimiga muvofiq, sportchi Parij-2024 da ishtirok etish uchun kelgusida ikkita majburiy hamda beshtadan uchta ixtiyoriy xalqaro musobaqada qatnashishi kerak bo‘ladi. Bu, joriy yil 2-17 sentyabr kunlari Saudiya Arabistonida o‘tadigan Jahon chempionati va keyingi yil aprel oyida Tailand mezbonligidagi Jahon kubogi sanaladi.

Parij-2024 Olimpiadasining beshta ixtiyoriy musobaqalaridan biri bo‘lgan Osiyo chempionati aynan kelgusi yil 20-27 fevral kunlari poytaxtimiz Toshkentda tashkil etilishi belgilanganligi e’tiborli voqealikdir.

Eslatib o‘tamiz, Parij-2024 Olimpiadasida og‘ir atletika musobaqalari erkaklar o‘rtasida beshta va ayollar o‘rtasida beshta vazn toifalarida bo‘lib o‘tadi. Har bir vaznda aynan qaysi sportchi milliy terma jamoa tarkibida Olimpiya o‘yinlarida qatnashishini reytingdagi ballari hamda murabbiylar kengashi hal etadi.

Yurtimiz og‘ir atletikachilarining 16 nafari Parij-2024 reytingidan joy olishi mamlakatimizda iqtidorli sportchilarni saralash, ularga zarur shart-sharotilar yaratish borasida keng qamroqli ishlar samarali olib borilayotganligidan dalolat.

O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasi
Matbuot xizmati.

Manba: weightlifting.uz
Kiritildi: 23:50, 22.05.2023.
O'qildi: 1677 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик