Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

U20 JCH. O‘zbekiston Gvatemalani mag‘lub etib, nimchorak finalga chiqdi

U20 JCH. O‘zbekiston Gvatemalani mag‘lub etib, nimchorak finalga chiqdi

Baho:
+1 | -

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Argentinada o‘tayotgan U20 jahon chempionatining nimchorak final bosqichiga chiqdi. Ravshan Haydarov shogirdlari guruh bosqichining so‘nggi turida Gvatemalaga qarshi maydonga chiqib, ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Murabbiy avvalgi o‘yinlarga qaraganda bu safar tarkibda 4 ta o‘zgarishni qildi va bu o‘z samarasini berdi. Ayniqsa, hujum chizig‘iga tushirilgan Shahzodbek Ne’matjonov ishonchni oqladi. Uchrashuvning 9-daqiqasida "Metallurg" forvardi raqib himoyachisining xatosidan so‘ng hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi.

Bahsning 21-daqiqasida Shahzodning o‘zi raqib darvozasiga ikkinchi to‘pni kiritdi. Fayzullayevning ajoyib uzatmasidan keyin Ne’matjonov darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketib, imkoniyatdan unumli foydalandi.

Haydarov ikkinchi bo‘limda ham o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Fayzullayevning o‘rniga tushgan Nodir Abdurazzoqov ikki vaziyatda o‘zini ko‘rsatdi. Dastlab uning zarbasidan so‘ng to‘p ustunga tegib qaytgan bo‘lsa, o‘yin so‘ngida Nodir uchinchi golni urgandi. Ammo VAR kuzatuvidan keyin kichik ofsayd qayd etildi va gol bekor qilindi.

Narigi o‘yinda Argentina Yangi Zelandiya ustidan 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Natijada O‘zbekiston U20 terma jamoasi "A" guruhida 2-o‘rin bilan pley-offga chiqdi.

U20 JCH. "A" guruhi, 3-tur
O‘zbekiston U-20 — Gvatemala U-20 2:0
Gollar: 1:0 — 9 Shahzod Ne’matjonov, 2:0 — 21 Shahzod Ne’matjonov.
O‘zbekiston U20: 12. Asrorbek Kenjayev, 3. Abduqodir Husanov, 4. Abubakir Ashurov, 6. Jahongir O‘rozov, 8. Behruzbek Asqarov (15. Diyorbek Ortiqboyev, 65), 9. Shahzod Ne’matjonov (17. Nodirbek Abdurazzoqov, 71), 10. Umarali Rahmonaliyev, 11. Sherzod Esanov, 13. Zafarmurod Abdirahmatov (2. Izzatillo Po‘latov, 82), 14. Abbos Fayzullayev (7. Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, 46), 20. Mahmudjon Mahamadjonov (18. Saidafzalxon Ahrorov, 65).
Gvatemala U-20: 12. Xorxe Moreno, 2. Rendall Korado, 5. Arian Resinos, 7. Daniel Kardoza, 8. Nestor Kabrera, 9. Jeffri Battes, 10. Arximides Ordones (19. Anderson Villagran, 46), 14. Jonatan Franko, 16. Ieshua Urizar, 18. Eddi Palensiya (11. Rudi Munos, 65), 20. Figu Motano.
Ogohlantirishlar: Behruzbek Asqarov (5), Umarali Rahmonaliyev (39), Sherzod Esanov (58), Ieshua Urizar (75), Po‘latxo‘ja Xoldorxonov (90+2).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 04:14, 27.05.2023.
O'qildi: 7431 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.