Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Belgiyalik Maradona

Belgiyalik Maradona

Baho:
+ | -

  Belgiya terma jamoasi 1980-yillarning o‘rtalarida yirik turnirlarda porlagan. 1986-yilgi Jahon chempionatidagi Gay Tes shogirdlari sayyoramizning eng kuchli to‘rtta jamoasidan biri edi. Belgiya futbolining umidli yulduzi Entso Shifo hammani o‘z o‘yiniga oshiq qilishni eplagandi. Ham yuzida, ham uslubida u Diyego Maradonaga o‘xshardi. Hamma o‘sha jahon chempionatida uning texnik harakatlarini nafisligini bir nafas bilan kuzatardi. U "Inter", "Torino", "Bordo", "Oser" va "Monako" jamoalarida to‘p tepgan, lekin jarohatlar belgiyalikning darajasi yuqori bo‘lishi, uning iqtidorini to‘liq namoyish etishiga va katta yulduzga aylanishiga imkon bermagan.

    Maydonni ko‘rish qobiliyati aql bovar qilmas darajada shakillangan va doim gol urishni ko‘zlaydigan Shifo 478 o‘yinda 121 ta gol urgan. U 80-90 yillarda dunyoning eng yaxshi 10 futbolchilari qatorida tilga olinardi. Uning eng katta kamchiligi tezligida bo‘lsa, u kamchilik yuqori texnikaning oldida ko‘zga tashlanmasdi. Uning ustunliklari bunday kamchiliklarni butunlay berkita olardi.

 Uni tezlikdan boshqa hayotiy holat ko‘proq o‘ylantirardi. Oddiy va ahamiyatsiz narsalar iqtidor egalarini tan olinmaslikkacha olib borishi mumkin. Shifoning misolida uning  "muammosi"kelib chiqishida edi. U Bryussel yaqinidagi La Luviyer shahrida tug‘ilgan. Uning ota -onasi italiyalik edi, shuning uchun Enso yangi mamlakatda immigrantlar duch keladigan barcha qiyinchiliklarga dosh berishga majbur bo‘lgan. 70-yillarda Belgiyada chet elliklarni unchalik xushlamasdi. “Shaharda yashash qiyin edi. Yoshingiz nechada bo‘lishidan qat’i nazar, asosiysi – eng yaxshilardan ekanligingizni isbotlash edi. Men yoshligimdan o‘z iqtidorimni ko‘rsatishga tayyor edim. Yoshligimni katta jamoada o‘tkazish baxtiga muyassar bo‘ldim. Bunday klublarda siz kuchli bo‘lishingiz va kuchlilarga qarshi kurasha olishingiz kerak. Hamma ham buni yoshligidayoq qila olmaydi. Men berilgan imkoniyatga munosib ekanligimni ko‘rsatishim kerak edi”. Qahramonimiz ana shunday so‘zlar bilan yoshlik davrini eslagan edi.  Enso hayotda ko‘plab qiyinchiliklarga duch kelganiga qaramay, o‘zini maydonda o‘z uyidagidek his qilardi. Yetti yoshida u La Luviyer bilan shartnoma imzoladi, klub safida Shifo to‘rt mavsumda 432 ta gol urdi. Ushbu harakatlar Ensoga "Kichik Pele" laqabini olib keldi.

U tushkunlikdan chiqib, nimagadir erishishga futbol yordam berishini tushundi. 1957 yilda Sisiliyadan qochgan otasi konda ishlardi va yashash sharoitini o‘zgartira olmasligidan afsus qilardi.

«Tez orada men futbol orqali ko‘p narsaga erisha olishimni tushundim. Bu yaxshiroq hayot uchun yagona imkoniyat edi. Bolaligimdan men otamning kondan qaytishini kuzatardim. U o‘tgan kun haqida gapirardi va hamma narsa haqiqiy do‘zaxga o‘xshardi: axloqsizlik, tuproq, xavf, zulmat. " Futbolda Shifo haqiqatan ham muvaffaqiyat qozondi. Mahalliy jamoaning debyutidan so‘ng, taniqli klublar unga qiziqish bildira boshladilar va 1982 yilda u "Anderlext" ga ko‘chib o‘tdi, u erda 17 yoshida professional debyutini o‘tkazdi. Belgiyaning bosh jamoasi safida Shifo UYEFA kubogi finaligacha yetib bordi. Finallarni odatda bezaydigan “Futbol ruletkasi”da “Anderlext” Angliyaning “Tottenhem”jamoasiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Bu mag‘ubiyat Shifoning kelajagiga hech qanday salbiy ta’sir o‘tkazmadi. Aksincha, uning musobaqada ko‘rsatgan o‘yinlari Maradonani eslatardi. Shu tufayli, Belgiya uni Pelega Yevropa esa Maradonaga qiyoslardi. Ikki afsonaga qiyoslangan Shifo tez orada Belgiya termasida ham yetakchiga aylanib ulgurdi. 1986 yilga Jahon chempionatida aynan u ko‘hna qit’a vakillarini yarim finalgacha olib bordi. Finalga chiqish uchun Argentina bilan kurash olib borildi. Bahsda Janubiy Amerikaliklarning, Maradonaning qo‘li baland keldi. O‘sha o‘yinda afsonaviy argentinalikning dubli hammasini hal qilgan edi. Turnirning eng yaxshi yosh futbolchisiga aylangan Shifo hujumchi haqida gapirgandi: «Men Maradonani hurmat qilaman. Men o‘zimni u bilan solishtirmayman, lekin bunday o‘yinchilarni hurmat qilaman, hatto raqib futbolchisi haqida gapiradiyotgan bo‘lsam ham. Men ko‘plab buyuk futbolchilar bilan o‘ynaganman, lekin Maradonaning harakatlari meni ko‘proq hayratga solgan. Uning o‘z uslubi bor, u lahzalarni va butun o‘yinlarni yolg‘iz o‘zi hal qila oladi. Shuning uchun u hamma hayratda qoldiradi. U tez qaror qabul qilishga imkon beradigan futbol aqliga ega edi ". Musobaqadan keyin Shifoni so‘rab keladigan “sovchi”lar ko‘paydi. Belgiyalik uchun "Inter" 7,5 milliard lira to‘ladi.

Italiyada Shifo o‘z o‘yinini topa olmadi va bunga jarohatlar ham sabab bo‘ldi. Uning statistikasi atigi 28 o‘yin va 4 gol. O‘yin amaliyotining yo‘qligi oxir-oqibat qahramonimizni Fransiyaga, “Bordo”ga ko‘chib o‘tishiga sabab bo‘ldi. Yangi klubda Shifo avvaliga yaxshi o‘ynadi, lekin keyin hafsalasi pir bo‘ldi: bir qator jarohatlar va murabbiylar shtabi bilan ziddiyat uni “yuklarini yig‘ishtiriga” majbur qildi. Bu vaqtga kelib, jurnalistlar “klublar aybdormi yoki Shifoning fe’l -atvori sababmi?” deb yoza boshlashdi. 

 Shifo atigi 23 yoshda edi. Yevropada hamma uni yaxshi taniydi va ko‘pchilik unga imkoniyat berishga tayyor edi. Shunday bo‘lsa-da, u futboldan voz kechib, boshqa ish bilan shug‘ullanishni o‘ylardi. Yaxshiyamki, uni “Oser” klubida ishlayotgan Gay Ru qutqardi. U Shifoda butun jamoa aylanadigan ijodiy markazni ko‘rdi va rejani amalga oshirdi: Oser 1988/89 va 1989/90 yilgi mavsumlarda beshinchi, keyingi mavsumda oltinchi o‘rinni egalladi. Belgiyalikning o‘zi 14 o‘yinda 11 ta gol urdi. Ushbu harakatlar belgiyalikga yana grandlarning qiziqishini uyg‘otdi. Enso yana ona yurtiga qaytishga jur’at etdi. Bu safar u Turinning “Torino” klubi safiga borib qo‘shildi. 3 mavsum italiya chempionatida to‘p tepgan qahramonimiz 62 bahsda 16 bor raqib darvozasini ishg‘ol etishni uddaladi. 93-yilga kelib turinliklar moliyaviy qiyinchilikka tushib qoldi, Shu sababli, Shifo yana Fransiyaga qaytdi. “Monako”da Arsen Vengerdan ko‘p narsa o‘rgangan qahramonimiz 1 marta Fransiya chempionatini yutishga muvaffaq bo‘ldi. “Monegask”lar tarkibidagi 4 mavsumdan so‘ng Enso o‘zining ilk jamoasi “Anderlext” tarkibiga borib qo‘shildi. Qaytish yorqin bo‘lmadi, u yelkasidan operasiya qilingandan keyin unga endi futbol o‘ynamasligini aytishdi, lekin Shifo boshqacha yo‘lni tanladi, Sharleroyda futbolchi-murabbiy sifatida maydonda harakat qildi. 2000-yil Shifo “Butsani mixga ilganini” e’lon qildi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 08:00, 31.05.2023.
O'qildi: 2240 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.