Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 3-2 Livan
07/01 21:30 Qatar 0-2 BAA
07/01 22:30 Bolonya 0-2 Atalanta
07/01 22:30 Napoli 2-2 Verona
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli 2-2 Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl 4-3 Lids
08/01 16:30 Avstraliya - Tailand
08/01 19:00 Iroq - Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari
09/01 00:45 Milan - Jenoa
09/01 01:00 Arsenal - Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni

«PSJ» triosi oldinda, albatta!

«PSJ» triosi oldinda, albatta!

Baho:
+ | -

Bundan 6 yilcha muqaddam futbolchilar maoshi borasida to‘liq ma’lumot beruvchi ishonchli (to‘g‘ri, norasmiy) manba - Capology agregatori ishga tushgandi. Endilikda hattoki, FBRef kabi jiddiy moliyaviy statistika saytlari ham ushbu manba ma’lumotlari asosida ish yuritmoqda. Avgust oyida esa Capology va FBRef o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Capology insayderlar tarmog‘i ma’lumotlariga tayanadi. Aniqrog‘i, agar kamida ikki insayd tomonidan berilgan raqamlar bir-biriga mos tushsa, bu rasman e’lon qilinadi. Qisqasi, ikki manba ma’lumoti asosida maoshi tasdiqlangan futbolchi grafasida yashil belgi paydo bo‘ladi. Aytish joiz, Capology reytingida yuqori o‘rinlarda borayotgan deyarli barcha futbolchilar moyanasi shu formula bo‘yicha tasdiqlangan. Sayt bosh­qa holatlarda algoritmlarni ishga tushiradi (bunda kamida 20ta o‘zgaruvchan ma’lumotdan foydalaniladi va yuzaga keladigan raqam chindan ham, ishonchli ko‘rinadi). Quyidagi maqolada Capology ma’lumotlari asosida Yevropaning kuchli 5ta ligasida eng ko‘p maoshga ega futbolchilar reytingini shakllantirildi. Xo‘sh, unda qanday e’tiborli jihatlar bor?

** Top-100 shaklidagi reytingda eng ko‘p vakil APLdan - 44 nafar futbolchi. Lekin ikkinchi tomondan, eng katta maoshga ega 10 nafar futbolchi orasida Angliya chempionatining atigi ikki nafar ishtirokchisi bor - Kevin de Bryuyne va Erling Xoland. Boz ustiga, «Manchester Siti» yetakchilari ham top-10ga so‘nggi pallada kirishdi. To‘g‘rirog‘i, Jerar Pike («Barselona»)ning faoliyatini yakunlagani va Serxio Ramosning «PSJ» bilan maosh miqdori pasaytirilgan shart­noma tuzgani evaziga.

** Reytingda eng kam vakil «A» seriyadan - 9 nafar futbolchi. Qolaversa, shuncha o‘yin­chidan ikkisi aslida bosh­qa chempionatlar klublariga tegishlidir. Gap transfer huquqi bo‘yicha «Chelsi» hamda «Barselona» ixtiyoridagi Romelu Lukaku va Samuel Yumtiti haqida ketmoqda. 

** Liga 1 + «PSJ»! Fransiya chempionatining reytingga kirgan 12 nafar vakili Parij klubida o‘ynaydi yoki unga tegishli (Keylor Navas va Mauro Ikardi nazarda tutilmoqda).

** Diqqat qiling, «Barselona»ning 15 nafar futbolchisi eng ko‘p maosh oluvchilar qatorida. «Bavariya»dan esa top-100ga 14 nafar futbolchi qo‘shildi.

** Top-100da atigi 7 nafar darvozabon bor. Eng ko‘p maoshga ega kkiper - bu David de Xea. «MYU»ning ispaniyalik darvozaboni yiliga 22,5 million yevro evaziga o‘ynamoqda. Ammo David yaqin orada o‘z pozisiyasini yo‘qotadi, chunki yangi shartnomaga ko‘ra, kamroq maosh va mukofot puli oladi.

** Yoshlar qatorida eng ko‘p maosh Ansu Fatida - «Barselona»ning 20 yoshli futbolchisi umumiy ro‘yxatning 50-pog‘onasida. Reytingda yoshi katta futbolchilar orasida esa Luka Modrich peshqadam. «Real»ning 37 yoshli legioneri yiliga 21,9 million yevro oladi.

R.IBROHIMOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 09:29, 06.06.2023.
O'qildi: 4519 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.