Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon 1-3 So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon 0-3 Neftchi
13/08 20:30 Buxoro 2-0 OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Lokomotiv
15/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

Shomurodov assist qayd etib, penalti ishlagan o‘yinda «Spesiya» «Verona»ga yutqazdi va A seriyani tark etdi (videosharh)

Shomurodov assist qayd etib, penalti ishlagan o‘yinda «Spesiya» «Verona»ga yutqazdi va A seriyani tark etdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Italiya chempionatining joriy mavsumida 17 va 18-o‘rinni egallagan «Spesiya» va «Verona» jamoalar bir xil ochko to‘plagani uchun ular A seriyada qolish uchun qo‘shimcha o‘yinda ishtirok etishdi.

Veronaliklar 5-daqiqada Faraoni tomonidan urilgan gol evaziga hisobni ochishdi. 15-daqiqada esa «Spesiya» hisobni tenglashtirdi. Bu golga Eldor Shomurodov assistentlik qildi.

"Verona" hujumchisi Ngonj 26 va 38-daqiqalarda 2 ta gol urib, jamoasini oldinga olib chiqdi.

Ikkkinchi bo‘lim o‘rtalarida Shomurodov darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqdi va to‘pni uning ustidan oshirib qo‘ydi. Darvozaga kirayotgan to‘pni Faraoni qo‘li bilan yuqoriga urib yubordi. Himoyachi maydondan chetlatildi va penalti belgilandi. "Spesiya" hujumchisi Mbala Nzola 11 metrli jarima zarbasini ishonchsiz tepgani uchun darvozabon uni qaytardi.

O‘yin so‘ngida «Spesiya» futbolchisining zarbasidan keyin to‘p to‘singa tegib qaytdi. Shu tariqa, jamoa B seriyaga tushib ketdi. Shomurodov esa endi O‘zbekiston milliy jamoasi safiga yetib keladi.

Italiya chempionati, qo‘shimcha o‘yin
Spesiya – Verona 1:3 (1:3, 0:0)
Gollar: 0:1 – 5 Faraoni, 1:1 – 15 Ampadu, 1:2 – 26 Ngonj, 1:3 – 38 Ngonj.
Noaniq penalti: Mbala Nzola (70, darvozabon)
Spesiya – Drongovski, Ferrer (Agudelo, 83), Nikolau, Ampadu, Visnevski (Verde, 53), Resa, Burabiya, Jurkovski (Kovalenko, 65), Espozito (Sipot, 83), Shomurodov, Nzola.
Verona – Montipo, Faraoni, Davidovich (Kabal, 59), Manyani (Koppola, 85), Xin, Depaoli, Lazovich (Verdi, 59), Tamez, Sulemana, Ngonj (Terrachchano, 76), Jurich (Gaych, 76).
Ogohlantirishlar: Xin (14), Depaoli (28), Davidovich (31), Montipo (66), Ngonj (70), Resa (71), Espozito (77).
Chetlatish: Faraoni (68).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 05:29, 12.06.2023.
O'qildi: 29371 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик