Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Real": Karimning o‘rnini boshqa Karim bilan yopamiz

"Real": Karimning o‘rnini boshqa Karim bilan yopamiz

Baho:
+-1 | -

Dortmundning "Borussiya" klubi vingeri Karim Adeyemi faoliyatini "Real"da davom ettirishi mumkin.

Bild xabariga ko‘ra, Madrid klubi 21 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. Ispaniya klubi allaqachon nemis vakillari bilan aloqaga chiqqan.

"Real Madrid" tezlikka ega hujumkor o‘yinchi qidirmoqda va o‘tgan mavsumda 36,7 km/soat tezlik bilan Bundesliga tezligi rekordini o‘rnatgan Adeyemi bu talablarga mos keladi.

Dortmundliklar Karimni kamida 80 million yevrolik taklif evaziga sotishni ko‘rib chiqishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, Madridning "Real" klubi shu yozda "Borussiya Dortmund"dan bir futbolchi - yarim himoyachi Jud Bellingemni 103+30,9 million evroga sotib olgandi.

Kiritildi: 20:06, 16.06.2023.
O'qildi: 5319 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.