Millatlar ligasining uchinchi finalida Ispaniya va Xorvatiya jamoalari to‘qnash kelishadi va bu balki iyun oyining asosiy o‘yinidir: Xorvatiya terma jamoasi o‘z tarixidagi ilk sovrinni qo‘lga kiritishi mumkin, Luka Modrich esa chiroyli tarzda faoliyatiga yakun yasashi mumkin.
2018 yilda tashkil etilganidan beri turnirga munosabat turlicha bo‘lib, ko‘pincha juda shubhali va hatto tanqidiy edi. Yurgen Klopp futbolchilarning ko‘proq o‘yin o‘tkazganini tanqid qildi va musobaqani "tarixdagi eng ma’nosiz" deb atadi. Kevin De Bryuyne Millatlar ligasi o‘yinlari shunchaki "og‘ir mavsumdan keyingi o‘rtoqlik o‘yinlari" ekanligini aytdi. Ularni tushunish mumkin: ko‘p o‘yinchilar haqiqatan ham juda ko‘p o‘ynashadi va kam dam olishadi. Ammo Millatlar Ligasining afzalliklari bor va bu turnirni o'rtoqlik o‘yinlari, deb hisoblash to‘g‘ri emas. Buning uchun quyida 5 ta sabab keltiramiz.
1. Terma jamoalar uchun impuls
UEFA esa terma jamoalar uchrashuvlarining tijoriy jozibadorligini oshirish yo‘li sifatida turnirni ilgari surdi, chunki ularning rasmiy maqomi avtomatik ravishda qiymatini oshiradi va tomoshabinlarning qiziqishini oshiradi. Bunda mantiq bor edi: o‘rtoqlik o‘yinlari taktikani tanlash va uni ishga tushirish uchun kerak. Ammo bunday uchrashuvlar tomoshabinlar uchun mutlaqo ma’noga ega emas edi.
Millatlar ligasi bilan murabbiylar bir xil imkoniyatlarga ega, faqat endi o‘yinlarda taraqqiyot tuyg‘usi mavjud.
Doimiy ravishda raqobat jamoalarga Yevro va Jahon kubogi saralash bosqichiga yoki turnirlarning o‘ziga boshqacha tarzda yondashish imkonini beradi.
2. Kuchsizroq jamoalar uchun imkoniyat
Divizion formati turnirning asosiy xususiyatiga aylandi: jamoalarning to‘rtta ligaga bo‘linishi gigantlarga gigantlar bilan, kuchsiz jamoalarga o‘z darajasidagi raqiblar bilan uchrashish imkonini berdi.Kuchlilar bilan o‘ynab, ularga qayta-qayta yutqazib qo‘yishdan yomon narsa bo‘lmaganidek, kuchsizlarni doimo yutishdan ham foyda yo‘q.
3. Ballarni to‘plash imkoniyati
Millatlar ligasining ushbu uchta mavsumidagi eng ta’sirli ko‘rsatkich bo‘lgan Vengriya 2018 yildan beri FIFA reytingida 51-o‘rindan 33-o‘ringa ko‘tarildi. Bu avtomatik ravishda jamoani eng kuchli savatchaga olib chiqdi va natijada Jahon chempionati va Yevroga saralashda o‘yinlar biroz osonlashdi.
4. Turnirda jamoalarning hozirgi holatini ko‘rsatadi
Jamoalar g‘alaba qozonish uchun rag‘batga ega bo‘lgan haqiqiy raqobat sharoitida sodir bo‘ladi. Niderlandiya Xorvatiya bilan qanday kurashganiga qarang - ikkala jamoa ham o‘yinni qo‘shimcha bo‘limga o‘tkazib, oxirigacha gol o‘tkazib yuborishni istamadi. Tez orada 38 yoshga to‘ladigan Modrich u yerda o‘zini qanday ko‘rsatdi? U bir necha o‘n yil emas, balki endigina faoliyatini boshlagan futbolchiga o‘xshaydi. Luka ishtiyoq bilan yonmoqda, motivasiya va g‘alabaga chanqoq.
5. Xorvatiya tarixidagi ilk oltinni qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega
Xorvatiyaning iqtidorli avlodi jahon chempionatining kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritdi, ammo oltinni qo‘lga kiritishmadi. Endi Zlatko Dalich jamoasida oltin medal uchun imkoniyat bor.
"Biz oltin uchun ketyapmiz", dedi murabbiy niderlandiya ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin”.
Xorvatlar jiddiy, chunki ular uchun bu kubok ikki tomonlama qadriyatga ega: u Modrichning terma jamoadagi faoliyatidagi nafaqat birinchi, balki oxirgisi ham bo‘lishi mumkin. Luka terma jamoadagi kelajagi haqida allaqachon bir qarorga kelganini, ammo bu haqda finaldan keyin e’lon qilishini aytdi.