Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 00:00 Rayo Valyekano 0-1 Almeriya
06/05 00:00 Sevilya 3-0 Granada
06/05 18:00 Qizilqum 1-1 Neftchi
06/05 21:00 Salernitana 1-2 Atalanta
06/05 23:45 Udineze 1-1 Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas 4-0 Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill 3-4 Lion
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid - Bavariya

"Real", MYU kabi klublar taklifini rad etib, jamoasi afsoansiga aylanganlar

"Real", MYU kabi klublar taklifini rad etib, jamoasi afsoansiga aylanganlar

Baho:
+ | -

Alan Shirer ("Nyukasl")

Bir vaqtlar "Manchester Yunayted"ga o‘tganidan so‘ng Romelu Lukaku shunday degan edi: "Dunyoning eng katta jamoasiga kim yo‘q deydi?". Ijtimoiy tarmoqlarda Alan Shirer bunga tezda javob qaytardi: "Men buni qilganman, kerak bo‘lsa "Barselona"ni ham rad etganman". 20 yil oldin Shirer Premyer Liga chempioni bo‘lgan va ikki marta "Blekbern" safida "Oltin butsa"ni qo‘lga kiritgan.

Yevro-1996dan keyin "Manchester Yunayted" Shirerga ikki marta og‘iz soldi. Ammo ikkisida ham rad javobini oldi. 1992 yilda hujumchi "Sauigempton"dan "Blekbern"ga o‘tdi. Keyin esa faoliyatini "Nyukasl"da davom ettirdi. U yerda Alan birinchi mavsumdayoq "Oltin butsa"ni qo‘lga kiritdi. Lekin uning jamoasi "Manchester Yunayted"ga yutqazib, chempionlikdan mahrum bo‘ldi.

Mavsum yakunlangach, "Barselona" futbolchisi Bobbi Robson Shirerni Ispaniyaga jalb qilishga urindi. Ammo u "Nyukasl"ni tark etmadi va faoliyatining oxirigacha unga sodiq qoldi. Alan "Qarg‘alar" bilan birorta sovrin yuta olmadi.

Zal slavi APL: pervie geroi » Yejednevnaya sportivnaya gazeta Kirgizstana  Sport.kg

Alessandro Del Pyero ("Yuventus")

2006 yilda Italiya terma jamoasi Jahon chempionatida zafar quchdi. A Seriyada "Yuventus" g‘alaba qozondi, ammo ko‘p o‘tmay janjal sabab B Seriyaga ravona bo‘ldi. Ko‘plab yulduzlar jamoani birin-ketin tark etishdi, biroq ayrim futbolchilar borki, klub bilan pastgi ligada ham birga bo‘lishdi. Ular orasida Nedved, Buffon va DelPyerolar bor edi.

Alessandro "Yuventus"ni A Seriyaga qaytarishda o‘zining katta hissisini qo‘shdi. Lekin 4 yil davomida klub bilan birorta ham sovrin yuta olmadi. O‘shanda ham u jamoada qoldi. 2012 yilda uzoq kutilgan "Skudetto" qo‘lga kiritildi. Shu mavsumning o‘zidayoq yoshi o‘tib borayotgan Del Pyero Turin klubini tark etdi. Xayrlashuv o‘yiniga kelgan muxlislarning ko‘zida yosh bilan afsonani olqishlashdi.

Alessandro Del Pyero. Voplosheniye Yuventusa v odnom cheloveke - Juventus  Official Fan Club Russia

Franchesko Totti ("Roma")

Del Pyero Italiyada yagona sodiqlik ramzi emasdi. Rimning ham o‘ziga xos ramzi bor edi. Bir paytlar "Roma" murabbiyi bo‘lgan Lusiano Spaletti Tottining ketishidan ko‘ra, "Kolizey"ni olib qochish osonrov ekanligini aytgandi.

25 yil davomida hech bir taklif Tottini "Roma"ni tark etishga majburlay olmasdi. 2001 yilda chempionlikni qo‘lga kiritganidan bir necha yil o‘tgach, Franchesko "Real Madrid"dan taklif oldi. Ammo bu taklif ham rad etildi, chiroyli jumlalar bilan: "Maktabda bizga oila eng muhim narsa ekanligini o‘rgatishgan. Hech eshitganmisiz, kimdir kambag‘al ota-onasini tashlab, begona boylar bilan yashaganini?"

Totti "Roma"da yirik klublarday sovrinlarga boy bo‘lmadi. Ammo A Seriya tarixidagi ikkinchi to‘purar 2017 yilda futbol bilan xayrlashar ekan, ko‘zlarida yosh va o‘zgacha quvonch hissi bor edi. U afsonaga aylandi, lekin deyarli sovrinlarsiz.

Posledniy rimskiy gladiator: 10 faktov o Franchesko Totti | Pro Futbol | Dzen

Stiven Jerrard ("Liverpul")

Jerrard Chempionlar ligasida g‘alaba qozonganidan keyin "Liverpul"dan ketadi degan mish-mishlar paydo bo‘la boshladi. Biroq, "qizillar" sardori 2005 yil yozida "Chelsi" va Joze Mourinyoning vasvasasiga tushib, transfer uchun ariza topshirgan. Yarim himoyachi ambisiya va 8 yoshidan beri sevgan klubida qolish istagi orasida qolib ketgandi.

Keyinroq, Jerrard transferga faqat "Liverpul" uni jamoada olib qolish istagini bildirib, jiddiy murojaat qildi. Stiven shartnomaning uzaytirilishi kechikishidan havotirda edi. Oxir-oqibat u "Liverpul"da qolishi aniq bo‘ldi. Faoliyatini yakunlaganidan so‘ng, u Premyer Ligada g‘alaba qozona olmaganidan afsusda ekanligini, ammo qarorlari bilan faxrlanishini aytgandi.

Stivenu Djerrardu ispolnilos 35 let - Chempionat

Diyego Godin ("Atletiko Madrid")

Manuel Pellegrini allaqachon to‘pga klubga aylangan "Manchester Siti"ni qabul qilib olganida, Diyego Godinni jamoaga olib kelmoqchi bo‘lgan. Ammo urugvaylik 2015 yilda "Atletiko"da qolishni tanladi. Ikki yil o‘tib, u "shaharliklar"ning taklifidan boshi osmondaligini, lekin o‘zini "matraschilar"ning muxlisidek his qilishini, klubdagi hamma narsadan mamnunligini va uni tark etishni istamaganligini aytgandi. Biroq, Chempionlar ligasining navbatdagi finalida mag‘lub bo‘lganidan so‘ng, Godin Madridni Milanga o‘zgartirdi va "Inter"ga o‘tdi.

Urugvayskiy futbolist Diyego Godin: biografiya i karyera

Pavel Nedved ("Yuventus")

Biz yana "Yuventus" afsonalariga qaytamiz, Pavel Nedved 2009 yilda turinliklar bilan shartnomani uzaytrishdan bosh torganida juda xafsalasi pir bo‘lgandi. O‘shanda "Inter" murabbiyi Joze Mourinyo shaxsan o‘zi chexiyalikka qo‘ng‘iroq qilib, uni jamoasiga taklif qilgan va Chempionlar ligasida g‘olib chiqishga va’da bergan. Nedved nimaga erishishini yaxshi bilar edi, lekin uni "Yuventus" va "Inter" o‘rtasidagi uzoq yillik raqobat to‘xtatdi. Keyinchalik u "keksa senyora"dan ketganiga qaramay, ushbu klubga muxlislik qilgani va boshqa jamoa tisolida Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish bilan qanoatlanmasligini tushuntirdi. Ammo bir yil o‘tib, "Inter" treblga erishdi, albatta Nedvedsiz.

Kak igral Pavel Nedved. Yego «Zolotoy myach» – unikalen - Hello - Blogi -  Sports.ru

Jeymi Vardi ("Lester")

"Yuventus", "Atletiko" va hatto "Roma"ni mashhur klublar deyish mumkin. U yerda qolish, katta takliflarni rad etish oqlanadi. Kamtarroq jamoalar haqida aytadigan bo‘lsak, "Lester". "Tulkilar" 2016 yilda shov-shuvli tarzda APL chempionligini qo‘lga kiritganida hamma klub hujumchisi Jeymi Vardiga ovni boshladi.

Vardi bu bir martalik o‘sish ekanini, "Lester" boshqa top klubga aylanmasligini tushungandir. Tovon puli to‘lashga tayyorlanayotgan "Arsenal" raqobatchilaridan ko‘ra qat’iyatliroq edi. Jeymi ham kelishuv haqida ijobiy fikrda, ammo baribir u erishgan muvaffaqiyatni mustahkamlash uchun "Lester"da qolishni tanladi. Bu, albatta, ish bermadi, lekin Vardi afsona maqomiga erishdi.

Geroy futbolnogo dnya. Djeymi Vardi ᐉ UA-Futbol

Marek Gamshik ("Napoli")

5 yil oldin, endi bu foniy dunyoda yo‘q, futbol agenti Mino Rayola buyuk sportchi har doim yangi motivasiya topishi kerakligini aytgandi. Busiz hatto, Messi ham Ibragimovich ham Marek Gamshik ham ojiz bo‘lib qolardi. Agent uzoq yillik faoliyatdan so‘ng, slovakiyalik yulduzga "Napoli"ni tark etishini tushuntirdi. 2017 yilda Gamshik hamda Rayola hamkorligi yakuniga yetdi.

Zamonavaiy futbolda "Napoli" yulduzi uzoq vaqt "Bavariya", "Yuventus", Angliyaning top klublari nishoniga aylangan. Ammo Marek har doim "Napoli" bilan har bir g‘alaba unga boshqa har qanday g‘alabadan ko‘ra ko‘proq quvonch keltirishini aytadi.

"Menda maosh va sovrinlardan ko‘ra ko‘proq hissiyotlar bor, men qalbimda aynan shu narsani his qilaman", dedi Marek Gamshik.

Napoli ofisialno podtverdil uxod Gamshika — football.ua

Achinarlisi, Gamshik "Napoli"ning o‘sha dvar afsonasi bo‘lib qoladi, klub sovinlarga juda yaqin keldi. Hatto bu mavsum yakunida chempionlikni qo‘lga kiritdi, ammo Mareksiz.

Jahon futbolida bunday toifadagi yulduzlar yana talaygina topiladi. Biz esa sizga xamir ichidan patirni ilindik. 

Manba: soccer.ru
Kiritildi: 15:27, 29.06.2023.
O'qildi: 5550 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.