Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao
24/01 00:45 Inter - Piza
24/01 01:00 Levante - Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul

2022 yilning O‘zbekistondagi eng yaxshi hakami faoliyatini tugatdi

2022 yilning O‘zbekistondagi eng yaxshi hakami faoliyatini tugatdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Vadim Agishev hakamlik faoliyatini yakunladi.

Sobiq FIFA referisi, faoliyati davomida yorqin va ijobiy xotiralar qoldirgan taniqli hakamimiz Vadim Agishev Superliganing qoldirilgan 8-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” – “Andijon” uchrashuvidan so‘ng hakamlik karyerasini yakunladi. 45 yoshni qarshilash arafasida turgan mutaxassisga o‘yindan so‘ng ikkala jamoa tomonidan hurmat bajo keltirildi va unga to‘n kiydirildi.

Ahamiyatli jihati shundaki, Agishev Superliga o‘yinlarida ishlash soni bo‘yicha faoliyatini davom ettirayotgan hakamlar orasida rekordchi sifatida faoliyatini yakunlamoqda. Uning hisobida O‘zbekiston Oliy chempionatida o‘tkazilgan 162 ta uchrashuv mavjud. Unga eng yaqin ta’qibchi Ilgiz Tantashevning hisobida esa 155 ta Oliy Liga bahslari bor.

Ma’lumot uchun, Vadim Agishev hakamlik faoliyatini 1999-yilning oktabrida Ikkinchi ligada boshlagan.

Oliy Liga (hozirgi Superliga)dagi debyuti esa 2007-yilga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, u 2009-13-yillar davomida FIFA referisi sifatida faoliyat olib borgan.

U 2022 yilning O‘zbekistondagi eng yaxshi hakami deb topilgan.

Kiritildi: 14:39, 30.06.2023.
O'qildi: 1195 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.