Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Luis Enrike "PSJ"ga Bernardu Silvani olib kelmoqchi

Luis Enrike "PSJ"ga Bernardu Silvani olib kelmoqchi

Baho:
+ | -

Tez orada "PSJ"ni boshqaradigan Luis Enrike "Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silvani parij klubiga o‘tishini istamoqda, deya xabar bermoqda 90min nashri. Portugaliyalik futbolchi bu yozda ispaniyalik murabbiy uchun ustuvor transfer hisoblanadi.

Yaqinda "Manchester Siti" 28 yoshli yarim himoyachi bilan xayrlashishga tayyorligi haqida xabar berilgandi. Da’vogarlar orasida Saudiya Arabistoni klublari va "Barselona"ning nomlari bor edi.

Angliya Premyer-ligasining 2022/2023 yilgi mavsumida Bernardu Silva 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Yarim himoyachi "Manchester Siti" bilan birgalikda chempionat trebliga erishdi: "shaharliklar" milliy chempionatda birinchi o‘rinni egallashdi, Angliya kubogini qo‘lga kiritishdi va Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishdi.

Kiritildi: 16:25, 01.07.2023.
O'qildi: 1317 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик