"PSJ" Xavi Simonsni qaytarishni istamoqda.
Parij klubi Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, yarim himoyachini 6 million yevroga sotib olish variantidan foydalanishga qaror qildi. Ushbu band futbolchining o‘tgan yili PSVga o‘tishiga kiritilgan edi.
Hozirda transfer futbolchiga bog‘liq - Simons 25 kun ichida "PSJ" taklifini qabul qilishi yoki rad etishi kerak.
Simons o‘tgan mavsumda Niderlandiya chempionatida 34 o‘yinda maydonga tushib, 19 gol va 8 golga assistentlik qilgan. U liganing ikkinchi eng yaxshi to‘purariga aylandi.